«Barselona» ustozi Luis Enrike «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu navbatdagi «Oltin to‘p»ga loyiqmi degan savolga javob berdi.
«Ronaldu «Oltin to‘p»ni oladimi? Bu haqda hech narsa deyolmayman, buni menga qizig‘i yo‘q.
Bizni «Vilyarreal»ga qarshi murakkab o‘yin kutmoqda. Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun da’vogar bo‘lgan jamoa bilan o‘ynash qiyin bo‘ladi» - dedi Luis Enrike.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu to‘rt marta «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan.