Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
23/01 20:00 Vyetnam - Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Yevro-2016 qahramoni qanday qilib «so‘ngani» haqida

Yevro-2016 qahramoni qanday qilib «so‘ngani» haqida

Baho:
+ | -

Yevro-2016 yilning norasmiy madhiyasi bag‘ishlangan forvard Uill Grigg «so‘ndi» va Angliya chempionatida sentyabr oxiridan beri gol ura olmayapti.

Shimoliy Irlandiya terma jamoasi o‘yinchisi Uill Grig Fransiyada o‘tgan Yevro-2016da bir daqiqa bo‘lsa-da maydonga tushmadi, ammo eng taniqli figuraga aylandi. Zero, uning ismi turnirning boshqa ishtirokchilariga nisbatan ko‘proq tilga olinardi. Grigg - Yevropa chempionatining norasmiy madhiyasi qahramoni sanalar va bu gimn Shimoliy irlandiyalik muxlislar tomonidan har bir bahsda kuylanardi.

Eslatib o‘tamiz, Uillga internet-buyuklik 2015G‘16 yillar mavsumi oxirida, Yevropa chempionati boshlanishiga oz qolgan vaqtda kelgandi. Hujumchi «Uigan» safida ajoyib tarzda to‘p surdi - 40 bahsda 25 gol urishdan tashqari, jamoasiga Liga-1dan Chempionshipga chiqishga yordam berdi. O‘shanda «Uigan» muxlisi Shon Kennedi YouTubega qo‘shiq kiritib, uni aynan mana shu bombardirga bag‘ishladi. Kennedi 1990-yillarda xitga aylangan Gall Rissato ijrosida aytilgan qo‘shiqqa o‘z so‘zlarini kiritish orqali bu ishni amalga oshirgandi. «Will Grigg`s on fire, your defence is terrified» deb aytiladigan naqoratni esa («Uill Grigg formada, sizning himoyangiz esa nochor») tezda butun Yevropa o‘zlashtirdi. Dastlab, oddiygina qo‘shiqni «Uigan» va Shimoliy Irlandiya fanatlari kuylashdi, alal-oqibat esa hatto raqiblar ham bu bilan «kasallandi».

Masalan, Yevro-2016da Shimoliy irlandiyaliklar bilan uchrashgan «Bavariya» va Polsha futbolchilari kiyim almashtirish xonasida «Will Grigg`s on fire»ni kuylashayotgani tasmaga tushirilgan vediyeni ommaga namoyish qilishdi. Germaniya termasi himoyachisi Mats Xummels bo‘lsa matbuot anjumanida jilmaygancha bugun Uill Grig formadaligini bilish-bilmasligi to‘g‘risidagi savolga javob qaytardi, nemislar bu hujumchidan qo‘rqish-qo‘rqmasliklarini aytdi.

Umuman olganda, Yevropa chempionatining norasmiy madhiyasi «Uigan» hujumchisini yulduzga aylantirdi. Fransiyada o‘tgan turnirda nisbatan muvaffaqiyatli ishtirok etgan Shimoliy Irlandiya termasi vatanga qaytgach esa muxlislar bilan uchrashuv tashkil qildi va unda aynan Griggni hammadan ko‘ra ko‘proq olqishlashdi. Faqatgina bosh murabbiy Maykl O`Nilgagina Uill mavzusi yoqmagan bo‘lsa kerak - «Uchrashuvga tarkibni men tanlayman va aslo muxlislar qo‘shig‘idan kelib chiqib emas», - dedi u nima uchun ko‘pchilik muxlislarning suyuklisiga maydonda biror daqiqa ham to‘p surishga imkon yaratmaganligi to‘g‘risidagi tanqidlarga javob qaytararkan.

Joriy mavsum esa O`Nilning o‘shandagi qarorini tasdiqlayotganday. Aslida ham Griggning nomi bor-yo‘g‘i 2-3 oyda ko‘pchilikning tiliga tushgandi. 25 yoshli Shimoliy irlandiyalik  yozdayoq «Uigan»ni nisbatan kuchliroq klubga almashtirishi mumkin edi. Angliya divizionlarining kuchliligi jihatidan 3-o‘rinda turgan jamoaning eng yaxshi bombardiri sifatida, albatta. Jarangdor reklama ham o‘z ishini qildi. UYEFA tomonidan o‘tkazilgan jurnalistlar so‘roviga ko‘ra, Uill Yevropada mavsumning eng yaxshi futbolchilari orasida 25-o‘rinni band etdi - Pol Pogba va Jordjo Kyellini ham shuncha ovoz to‘plashgandi. «Gamburg» muxlislari esa hatto klub rahbariyatiga mazkur futbol folklorining yorqin personajini sotib olish talabi bilan ham chiqishdi. Shunga qaramay, Grigg

DAVOMI

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 10:56, 07.05.2017.
O'qildi: 6028 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.