Futbolchilik faoliyatini Gollandiyaning kichik shahrida boshlagan Bas Dost asta-sekin mahalliy chempionatni zabt etib, hozirda Portugaliya birinchiligining superto‘purariga aylanib oldi. Quyida Lionel Messidan «Oltin butsa»ni «tortib» olishga intilayotgan forvard haqida so‘z yuritamiz.
«Emmen» klubi Gollandiya oliy divizionida biror marta qatnashmagan, yaqin kelajakda bunday sharafga erishishi ham dargumon. Ammo mahalliy akademiya o‘z tarbiyalanuvchilari bilan har qancha faxrlansa arziydi - bu yerda Bas Dost kamol topgan. «Emmen»ning piar-menejeri Mark Timmer shunday hikoya qiladi: «Bu yerda hamma u haqida gapiradi. O‘smirlik chog‘larida goleadorlik xislatlarini namoyon etmagan Bas Dost hozirda ko‘pchilikni lol qoldirmoqda. Barcha unga omad tilamoqda». 2007|2008 yillar mavsumida hujumchi asosiy jamoada debyutini nishonladi. Qishda Finlyandiyaning RoPS klubi uni o‘z safiga qo‘shib olish harakatida edi, zero o‘sha kezlari «Emmen»ning sobiq texnik direktori Tom Senfye finlarga ustozlik qilayotgandi. Biroq kelishuv amalga oshmadi. Yozda forvard 300 ming yevro evaziga «Xerakles»ga o‘tdi.
Yangi shart-sharoitlarga tezda ko‘nikkan forvard yorqin o‘yinlar namoyish etgach, uning xaridorlari qatoriga «Ayaks», «Tvente» va «Xerenven» qo‘shilishdi. O‘yinchining agenti ushbu ro‘yxatdagi uchinchi jamoani tanlash bo‘yicha tavsiya berdi va bu qaror o‘zini oqladi. Dastlabki yili Bas klubning eng yaxshi hujumchisi bo‘ldi, bir-ikki yildan so‘ng 32ta gol bilan chempionatning tengsiz to‘purariga aylandi. Shu tariqa «Volfsburg» e’tiborini tortgach, 2012 yilning yozida bundesligaga yo‘l oldi.
Gollandiyalik iqtidor egasi keyingi to‘rt yilni Germaniyada o‘tkazdi. «Bo‘rilar» 4-2-3-1 taktik sxemasini tanlashgani bois Dost jiddiy raqobatbardoshlik bo‘yicha Kruze, Enrike va Putarodan aslo qolishmadi. Garchi asosiy tarkibga muqim o‘rnasholmagan bo‘lsada, qahramonimiz 85ta o‘yinda 36ta gol urdi. Bo‘yining uzunligi (192 sm.) hamda bosh bilan o‘ynash salohiyati, qolaversa, unchalik kuchli bo‘lmagan, ammo aniq zarbalari asqotdi.
Dost Germaniyada ko‘p ishladi, biroq yulduzlik darajasiga chiqmadi va shu bois ketishga qaror qildi: «Mazkur jamoada to‘rt yil to‘p surdim. Ushbu muddat davomida o‘sish va pasayish davrini boshdan kechirdim. «Volfsburg» hujumchi xarid qilmoqchi (keyinchalik uning Mario Gomes ekani oydinlashdi), demak o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish imkoniyatim yana pasayadi». Bas vaziyatga qarab ish tutdi. Variantlar ko‘p edi. Birinchisi - jonajon yurtiga qaytish, u yerda futbolchini «Ayaks» kutayotgandi. Amsterdam jamoasi forvardni «Xerakles»da to‘p surayotgan kezlaridanoq kuzatib kelayotgandi. Ikkinchidan, Portugaliyadan diqqatga molik taklif tushdi: to‘purarlik qobiliyatiga ega forvardga «Sporting» 12 mln. berishga tayyor edi. Shu tariqa Dost primeyra tomon otlandi.
«Sporting» bosh murabbiyi Jorje Jezush yangi hujumchini darhol boshlang‘ich tarkibga joyladi. Ta’kidlash joizki, portugaliyalik mutaxassis