Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Jahon velosportining mashhur yulduzi Jamoliddin Abdujabborov poytaxtimizga tashrif buyurdi

Jahon velosportining mashhur yulduzi Jamoliddin Abdujabborov poytaxtimizga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston velosiped sporti Federasiyasi taklifiga binoan mashxur velosipedchi, Xalqaro toifadagi sport ustasi, Jamoliddin Abdujabborov poytaxtimizga yetib keldi.

Abdujabborov 1964 yil 28 fevralda Toshkentda tug‘ilgan. Professional sportchilik faoliyati davomida velosport olamining eng nufuzli musobaqalari - "Tur de Frans" poygasining 9-bosqichi, Italiyada o‘tkaziladigan "Djiro d' Italiya" musobaqasi 1-bosqichi, "Vuelta"ning 7-bosqichi, Jahon velopoygasi 5-bosqichlarida zafar quchgan.

O‘z vaqtida “Toshkentlik terminator” nomi bilan mashhur bo‘lgan hamyurtimiz shuningdek, nufuzli bir kunlik velo poygalarning ko‘p bora sovrindori, "Tur de Frans" musobaqalarida 1991, 1993, 1994-yillarda ochkolar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan, 1994-yilgi "Djiro d'Italiya" hamda 1992-yilgi "Vuelta" ko‘pkunlik poygalarida sovrindor bo‘lgan. U o‘z vaqtidan dunyoning velosiped sporti bo‘yicha eng yaxshi sportchilaridan biri bo‘lgan.

Jamoliddin Abdujabborov katta sportdagi faoliyati davomida "Alfa Lyum" (1990), "Karrera" (1991 - 1992), "Lyampre" (1993), "Polti" (1994), "Novelli" (1995), "Refin" (1996), "Lotto" (1997) kabi professional jamoalar tarkibida ko‘plab nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etgan. Professional sportdagi faoliyatini 1997 yilda yakunlagan.

Yurtdoshimiz hozirda ham dunyo velosipedchilari, sport murabbiylari va sport ixlosmandlari o‘rtasida katta obro‘ga ega, hozirda uning murabbiy sifatidagi xizmatlariga dunyoning ko‘pgina davlatlarida qiziqish bor. Uni sportning ushbu turi bo‘yicha yetuk analitik mutaxassis sifatida hurmat qilishadi.

Poytaxtimizga uyushtirgan tashrifi davomida Jamoliddin Abdujabborov Milliy olimiya qo‘mitasida ham mehmon bo‘ldi. Qo‘mita Bosh kotibi Oybek Kasimov bilan uchrashuv davomida Abdujabborov O‘zbekistonda velosiped sporti taraqqiyotiga hissa qo‘shish, mamlakatimiz bo‘ylab iqtidorli bolalarni aniqlash, terma jamoalar uchun seleksiya ishlarini kuchaytirish, ularni xalqaro musobaqalarga olib chiqish, bir so‘z bilan aytganda mamlakatimizda velosportni yanada rivojlantirish borasida o‘z yordamini ayamasligi ma’lum qildi. Shuningdek, bu borada O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston velosiped sporti Federasiyasi bilan bevosita hamkorlik qilish taklifini kiritdi.

O‘z navbvatida Oybek Omilovich mashhur sport yulduziga bunday taklif uchun minnatorchilik izhor etib, o‘zaro hamkorlik har tomonlama foydali bo‘lishi va bu eng avvalo yurtimizda velosiped sportini yanada rivojlantirish va ommaviylashtirishga zamin yaratishini ta’kidlab o‘tdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 14:52, 07.05.2017.
O'qildi: 7070 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик