Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Ot izini toy bosadi yohud Zidanning o‘rinbosarlari haqida

Ot izini toy bosadi yohud Zidanning o‘rinbosarlari haqida

Baho:
+1 | -

Shu paytgacha oilaviy sulolalar o‘rtasida qandaydir xalqaro musobaqa yoki tanlov o‘tkazilmagan. Lekin bundan buyog‘iga shunday tadbirlar uyushtirilgan taqdirda, biz hikoya qilmoqchi bo‘lganimiz - Zidanlar oilasi g‘olib chiqishiga ishonchimiz komil. Zero, hozirda «Real»dek nomdor jamoaga ustozlik qilayotgan futbol afsonasining bir emas, naq to‘rt nafar dilbandi aynan ota izidan borishga qaror qilishgan. Ta­biiy­ki, ular yosh bo‘lganliklari bois, katta sahnaga ko‘tarilib ulgurishmagan. Shu sababli sizlarni izbosar Zidanlar bilan tanishtirishni lozim topdik.

Enso Zidan Fernandes

Urugvaylik buyuk kasbdoshi - Enso Francheskoliga bo‘lgan hurmatini Zayniddin Zidan o‘zining to‘ng‘ich farzandiga uning ismini berish orqali izhor etdi. Enso hali 3 yoshga chiqib ulgurmay «Yuventus» maktabida shug‘ullana boshladi va 2000 yilgacha o‘sha yerda tahsil oldi. Keyinchalik Fransiya va Ispaniyadagi futbol maktablarida malaka oshirib, nihoyat «Real» tizimidan joy oldi. Mana, 13 yildirki, Enso Madridda futbol sirlarini o‘rganish bilan mashg‘ul. Zidanlar sulolasining to‘n­g‘ich vakili professional faoliyatini 2014 yili «Real»ning uchinchi jamoasida boshladi.

Biroq to‘rtinchi divizionda ishtirok etadigan bu jamoalar bir yildan so‘ng tarqatib yuborildi. Keyinchalik Enso otasi boshqaruvidagi «Real Kastilya»ga o‘tdi. Zayniddin farzandining o‘z jamoasidagi faoliyatiga quyidagicha izoh bergandi: «Bu jamoaga o‘tishi va muntazam maydonga tushishida mening aloqam yo‘q. U o‘z mehnati evaziga talab darajasida to‘p surmoqda. To‘g‘ri, bu men uchun oson emasdi, lekin unga barcha futbolchilarga bo‘lganidek munosabatda bo‘lish uchun astoydil harakat qilyapman. Uyda albatta, o‘g‘limga aylanadi. Uning o‘zi ham shuni istaydi.

Ehtimol, unga nisbatan yanada talabchanroq bo‘layotgandirman?! Uning hozirgidan ko‘ra samaraliroq o‘ynay olishini yaxshi bilaman». Enso Fernandes ikki mamlakat - Fransiya hamda Ispaniya pasportiga ega. Vaqti kelib qaysi terma jamoa sharafini himoya qilish masalasi ko‘tarilsa, tanlash huquqi o‘g‘lining ixtiyorida. Hozirda Enso «Real Kastilya» safida uchinchi ligada to‘p surmoqda.

Asosiy pozisiyalari - so‘l qanot va markaziy yarim himoya. Joriy mavsum 31 marta maydonga tushib, 5ta gol va shuncha samarali uzatmani amalga oshirdi. Mavsum arafasida futbolchini ijaraga olish uchun «Midlsbro» va Ispaniyaning bir qator klublari urinib ko‘rishgandi. Lekin kelishuv amalga oshmay qoldi. Maydondagi harakatlari va natijalaridan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, Ensodagi jizzakilik Zayniddinni eslatadi: mavsum davomida olingan 7ta sariq va bitta qizil kartochka hujumkor yarim himoyachi uchun ko‘plik qiladi.

Aytgancha, buyuk afsonaning o‘g‘li ekanligi futbolchiga biroz xalaqit ham beradi. Uni shunchaki Enso Fernandes, deb chaqirishlarini yoqtiradi. 22 yoshli yarim himoyachi «Real»ning asosiy tarkibidagi debyutini 2016 yil 30 noyabrda Ispaniya kubogi doirasidagi «Kultural Leonesu» klubiga qarshi bahsda nishonladi. Enso tanaffusdan keyin Isko o‘rniga maydonga tushdi va 18 daqiqadan so‘ng Mariano Dias tomonidan uzatilgan to‘pni golga aylantirdi. «Santyago Bernabeu»dagi uchrashuv «Qirollik klubi»ning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Lyuka Zidan

Zizuning ikkinchi farzandi noma’lum sabablarga ko‘ra darvozabonlikni tanladi. Uning «Kastilya»­dagi faoliyati ham otasining davrida boshlandi. Lekin taraqqiyoti akasinikidek shiddatli emas. Darvozabon mezoniga nisbatan olganda, Lyuka unchalik bo‘ydor emas (181 sm.). Murabbiylarning fikricha, oyoqlari bilan yaxshi o‘ynaydi, to‘pga chiqishda ishonchli harakatlanadi. Mutasaddilarning 18 yoshli iqtidor sohibidan umidlari katta. Lyuka xalqaro arenalarda Fransiya sharafini himoya qilish niyatida. 2015 yili Bolgariya mezbonligida o‘tgan (U-17) doirasidagi turnirda qit’a chempionligiga erishgan. Ammo joriy mavsum 

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 02:06, 08.05.2017.
O'qildi: 9388 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.