«Arsenal» hujumchisi Aleksis Sanches kelajagi haqida hali bir qarorga kelmaganini aytdi.
«Ayni paytda Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish asosiy vazifa bo‘lib turibdi. Mavsum tugaganidan so‘ng esa shartnoma borasida muzokara o‘tkazamiz» - dedi Sanches Sky Sports xabarida.
Futbolchining «Arsenal» bilan imzolagan shartnomasi 2018 yil yozida o‘z nihoyasiga yetadi. U bilan «Chelsi», «Man Siti» va «Bavariya» klublari qiziqmoqda.