Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Asror G‘ofurov: «Yangi mavsumni Turkiya Superligasida boshlasam kerak»

Asror G‘ofurov: «Yangi mavsumni Turkiya Superligasida boshlasam kerak»

Baho:
+ | -

Bir necha yildan beri Turkiya chempionatida to‘p surib kelayotgan hamyurtimiz Asror G‘ofurov faoliyatini ushbu mamlakatning 4-divizioni klubi «Chorluspor-1947»da davom ettiryapti. Futbolchi bundan avval Turkiya quyi ligalarida o‘ynagan. Bir-necha kun oldin ushbu birinchilikda mavsum yakunlandi. Asror o‘ynagan jamoa 13ta klub qatnashgan ligada 45 ochko bilan 3-o‘rinni egalladi. Bu yil 70 yilligini nishonlayotgan «Chorluspor-1947» peshqadamdan 9 ochko kam jamg‘ardi. E’tiborlisi, G‘ofurov jamoasi liganing kichik oltin medallarini qo‘lga kiritgan «Velimeshespor» klubini har ikki davradagi o‘yinda ham mag‘lub etishning uddasidan chiqdi. Bu futbolchi faoliyatini «Paxtakor» akademiyasida boshlagan edi. Biz Toshkentga qaytib kelgan Asror G‘ofurovdan intervyu oldik.

- Asror, Turkiya chempionatining 4-ligasi yakunlandi. Ayting-chi, mavsum jamoangiz uchun qanday o‘tdi?

- Chempionatni 3-o‘rinda yakunladik. Umuman olganda, mavsum jamoamiz uchun yomon o‘tmadi. Faqat bizdan kuchsiz raqiblarga imkoniyatni boy berib qo‘yganimiz yoki o‘sha o‘yinlarda ochko yo‘qotganimiz yakunda qimmatga tushdi. Turnir jadvaliga e’tibor qaratsangiz, o‘tkazilgan 24ta o‘yinimizdan 9tasida durang natija qayd etganmiz. Uchta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradik. Liga chempioni bo‘lgan «Velimeshespor» klubi ikki bor yutqazdi. E’tiborlisi, ularga ikkala mag‘lubiyatni ham biz «taqdim etdik».

- Nechta jamoa uchinchi ligaga yo‘l oldi?

- Faqat chempionga bu imkoniyat taqdim etildi. Peshqadamdan 9 ochko ortda qolib ketdik. Ikkinchi o‘rindagi «Gebzespor» klubidan 3 ochko kam jamg‘ardik.

- Mavsum oldidan jamoa oldiga aniq vazifa qo‘yilganmidi?

- Albatta. Uchinchi ligaga chiqish ko‘zda tutilgandi. Klub rahbariyati mavsumlar oralig‘ida shunga yarasha transferlarni amalga oshirgandi. Misol uchun, o‘z vaqtida «Antalyaspor» klubida o‘ynagan Serj Pakome. Kot D~ivuarlik bu hujumchi o‘z gollari bilan jamoamizga yordam berdi. Bundan tashqari, tarkibimizda Turkiya superligasi hamda 1-ligasida tajriba to‘plagan futbolchilar ham bor edi.

- Klub rahbariyati natijani qanday qabul qildi?

- Albatta, barchamiz natijadan xafa bo‘ldik. Bunday yakun bo‘lishini kutmagandik. Yuqorida aytganimdek, bo‘lajak chempionlarni har ikkala o‘yinda ham mag‘lub etib, o‘zimiz 3-o‘rin bilan kifoyalandik. Bu haligacha alam qilyapti. Ochig‘i, bo‘lib o‘tgan voqeani hazm qila olmayapman. Shunga qaramay, muxlislar so‘nggi turgacha bizni qo‘llab-quvvatlab turishdi.

- Shaxsan o‘zingiz uchun chempionat qanday kechdi? O‘z o‘yiningizdan ko‘nglingiz to‘ldimi?

- To‘ldi, desam ham bo‘ladi. Sababi, barcha o‘yinlarda asosiy tarkibda maydonga tushdim va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadim.

- Endigi rejalar qanday?

DAVOMI

Manba: www.iff.uz
Kiritildi: 00:49, 09.05.2017.
O'qildi: 4452 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.