Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Bugun futbol. «Al-Ahli» - «Lokomotiv»

Bugun futbol. «Al-Ahli» - «Lokomotiv»

Baho:
+ | -

Bugun Osiyo chempionlar ligasining "A" guruhida ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tadi. "Lokomotiv" safarda "Al-Ahli" klubi mehmoni bo‘lsa, Dohada "At-Ta’vun" "Istiqlol" bilan kuch sinashadi.

Guruhdagi vaziyatga to‘xtaladigan bo‘lsak, barcha to‘rt jamoada keyingi bosqichga chiqish imkoniyati bor. Ayni paytda "Al-Ahli" 8 ochko bilan birinchi, "Istiqlol" ham 8 ochko to‘plagan holda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Gap shundaki, "Al-Ahli" o‘z maydonida "Istiqlol"ni mag‘lub etgan, shu bois dubayliklar birinchi o‘rinda borishmoqda.

Bugun bahs "Lokomotiv" uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega. Chunki g‘alabagina "temiryo‘lchilar"ni keyingi bosqichga olib chiqadi. Eslatib o‘tamiz, Toshkentda kechgan bellashuvda "Loko" bu raqibini 2:0 hisobida mag‘lub etgan. O‘shanda Salamat Qutiboyev bilan Marat Bikmayevning gollari uch ochkoni keltirgandi.

Uchrashuv haqida ma’lumotlar

- Dubayning "Al-Ahli" klubi Osiyo chempionlar ligasida 7-marta ishtirok etmoqda. "Lokomotiv" esa ketma-ket uchinchi marta guruh bosqichida o‘ynamoqda.

- Bugungi bellashuvda "Al-Ahli"ni durang natija ham qoniqtiradi. "Loko"ga esa faqat g‘alaba zarur.

- "Al-Ahli" OCHLda o‘z maydonidagi oxirgi 13 uchrashuvdan beri mag‘lub bo‘lgani yo‘q. Bu jamoa so‘nggi bor 2010 yil Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubiga 2:3 hisobida yutqazib qo‘ygan. "Al-Ahli" o‘z maydonida bo‘lib o‘tgan oxirgi 13ta bellashuvda besh g‘alaba va 8 durang qayd etgan.

- "Al-Ahli" bungacha o‘zbek klublari bilan Dubayda to‘rt marta o‘ynagan. 2002/2003 yilgi mavsum saralash bosqichi hamda 2009 yil guruh o‘yinida ular "Paxtakor"ga 0:1 va 1:2 hisobi bilan mag‘lub bo‘lishgan. Bu jamoa 2005 yil "Neftchi"dan 3:0 hisobida ustun kelgan, 2015 yil esa "Nasaf" bilan 0:0 o‘ynagan.

- Bugun "Al-Ahli" tarkibida senegallik hujumchi Makete Diop maydonga tusha olmaydi. Chunki unda ikkita sariq kartochka bor. Bu jamoa BAA chempionati turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.

- "Lokomotiv" o‘z maydonida o‘tgan oxirgi ikki bellashuvda olti ochkoli bo‘lishi mumkin edi. Biroq "temiryo‘lchilar" so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, har ikkala bahsni ham durang bilan yakunlashdi. "Lokomotiv" - "Istiqlol" 1:1, "Lokomotiv" - "At-Ta’vun" 4:4.

- "Lokomotiv" hozircha turnir jadvalida oxirgi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa hisobida beshta o‘yindan so‘ng besh ochko bor. Aytib o‘tganimizdek, "Loko" keyingi bosqichga chiqishi uchun bugun g‘alaba qozonishi hamda "At-Ta’vun" "Istiqlol"ni mag‘lub etmasligi talab etiladi.

- "Lokomotiv" shu paytgacha OCHL safar o‘yinlarida 11 ta bahsda maydonga tushib, faqat bittasida g‘alaba qozongan. Jamoa BAAdagi o‘yinlarda 2013 yil "Al Nasr"ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Shuningdek, o‘tgan yil "Al Nasr" 1:1 va "Al Ayn" bilan 0:0 o‘ynagan.

- Jamoa hujumchisi Marat Bikmayev o‘zining 5ta goli bilan bu yilgi OCHL to‘purarlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Birinchi o‘rindagi Mehdi Taremiy ("Persepolis") hisobida 6ta gol bor.

"Al-Ahli" - "Lokomotiv" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 20:50da boshlanadi. O‘yin "Sport" kanali orqali jonli translyasiya qilinadi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 13:52, 09.05.2017.
O'qildi: 6106 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.