Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Finalga bir qadam. YECHL yarim finali haqida

Finalga bir qadam. YECHL yarim finali haqida

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasining yarmi finalning dastlabki javob uchrashuvi Turinda bo‘lib o‘tadi. Monakoda ishonchli g‘alaba bilan qaytgan «Yuventus» endi o‘z uyida final yo‘llanmasini rasmiylashtirish uchun saf tortadi. Tribuna.Uz kun uchrashuviga batafsil to‘xtalib o‘tadi.

«Yuventus» – «Monako»
(9 may, 23:45, UzReport, Match TV, Match! Futbol 1)

Uchrashuvdan oldin

«Monako»
«Monako» Fransiya chempionatida yetakchilikni davom ettirmoqda. Yevropa chempionlar ligasining yarim finali birinchi uchrashuvidagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin jamoa chempionat doirasidagi navbatdagi uchrashuvda ham muvaffaqiyat qozondi va «PSJ»dan bitta kam uchrashuv o‘tkazgan holda, ularni uch ochkoga ortda qoldirishda davom etdi. Shuningdek jamoa bu turda kelgusi mavsumda YECHL guruh bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish masalasini ham rasman ijobiy hal qildi.

«Yuventus»
Italiya chempioni bo‘lishga bir qadam qolgan «Yuventus» bu turda Turin derbisida mezbon sifatida o‘ynab o‘z uyidagi 33 uchrashuvdan iborat g‘alabali seriyaga yakun yasadi. Allegri shogirdlari uchrashuvda mag‘lubiyatga uchrashi ham mumkin edi. YECHL birinchi uchrashuvi qahramoni Gonsalo Higuain so‘nggi daqiqalarda kiritgan goli evaziga jamoasiga bir ochko olib berdi. Ammo bu jamoaning chempionlik uchun imkoniyatlariga deyarli hech qanday ta’sir o‘tkazgani yo‘q.

Uchrashuvlar tarixi
2015 yilgi mavsumda «Yuventus» va «Monako» Chempionlar ligasining chorak finalida o‘zaro to‘qnash kelishgandi. «Monako» va Leonardu Jardim o‘sha paytlari o‘ta yaxshi ko‘radigan o‘yin uslubi evaziga taktikaga mos natija qayd etilgan, biroq bu «Monako» foydasiga ishlamagan – Turinda 1:0, Monakoda 0:0. 1998 yilda bo‘lib o‘tgan to‘qnashuv esa yarim finalga to‘g‘ri kelgandi. O‘shanda Turinda 4:1, Monakoda esa 3:2 hisobida mezbonlar g‘alaba qozongan. Tarix ko‘rsatib turibdiki, ikki to‘qnashuvda ham «Yuventus»ning qo‘li baland kelgan. Bu safargi uchrashuvda dastlabki uchrashuvda esa «Yuventus» Gonsalo Higuainning dubli evaziga «Monako» uyidan 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi.

Qiziqarli faktlar
—«Yuventus» fransuz klublariga qarshi 11 marta ikki uchrashuvdan iborat pley-off uchrashuvlarida maydonga tushib, barchasida keyingi bosqichga yo‘llanma olgan. Jumladan «Monako»ga qarshi oldingi (1997/1998 va 2014/2015 yilgi mavsum) to‘qnashuvlarda ham;
—hech bir jamoa yarim finalda o‘z uyida 0:2 hisobida yutqazib, keyingi uchrashuvda o‘zi uchun kerakli bo‘lgan natijani qayd eta olmagan;
— «Monako»Italiyada o‘tkazgan yettita uchrashuvning birortasida ham g‘alaba qozona olmagan (1D, 6M);
— So‘nggi marta jamoa Italiya klubidan («Inter», YECHK, 1 raundi) o‘z uyida 54 yil muqqadam 1963/64 yilgi mavsumda mag‘lubiyatga uchragan.
— «Monako» 2004 yildan buyon ilk marta YECHL yarim finalida ishtirok etmoqda;
— «Yuventus» bu musobaqada o‘tkazgan o‘n bitta uchrashuvning faqat ikkitasida mag‘lubiyatga uchragan;
— «Yuventus»ning yarim finalga chiqishi 2006/07 yilgi mavsumdan boshlab, italyan jamoalari uchun to‘rtinchi natija sanaladi;
— Bungacha bo‘lgan uchta yarim final italiyaliklar uchun omadli kelgan «Milan» «Manchester Yunayted»ni (2007), Mourinyoning «Inter»i Gvardiola «Barselona»sini (2010), «Yuventus» esa ikki yil oldin «Real»ni ortda qoldirib finalga chiqqan. Hozircha barcha ko‘rsatkichlar ularning foydasiga ishlamoqda.

Yo‘qotishlar

«Yuventus» tarkibida Sami Xedira diskvalifikasiyadan qaytgan. Pyasa va Ruganida esa jarohat bor. Boshqa chiziqlarda turinliklar ortiqcha muammolarga duch kelishmagan.

«Monako» tarkibida Boshilya va Karilyo esa ancha vaqtdan buyon umuman jamoa o‘yinlarida ishtirok etmayapti. Benjamin Mendi va Turening maydonga tushishi esa so‘roq ostida qolmoqda.

Taxminiy tarkiblar

«Monako»da Ture o‘rnida Jibril Sidibe egallaydi. Mendi maydonga tushsa, chap qanotda muammo bo‘lmasligi aniq. Boshqa chiziqlarda esa eng kuchli tarkib maydonga tushishi ko‘zda tutilgan. «Yuventus»da esa Xedira yana Klaudio Markizioning o‘rnini egallashi kutilmoqda.

«Yuventus»: Buffon; Dani Alves, Bonuchchi, Kyellini, Aleks Sandro; Pyanich, Xedira, Kuadrado, Dibala, Manjukich, Higuain.
«Monako»: Subashich; Mendi, Jemerson, Glik, Cidibe; Bernardo Silva, Fabinyo, Bakayoko, Lemar; Mbappe, Falkao.

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 17:00, 09.05.2017.
O'qildi: 7213 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.