Niderlandlar terma jamoasini qo‘lga olgan Dik Advokaat jamoa tarixidagi eng keksa murabbiyga aylandi.
27 sentyabrda 70 yoshga to‘ladigan mutaxassis Guus Hiddink rekordini yangiladi. U terma jamoani tark etganida 66 yoshga to‘lgan edi.
Qizig‘i shundaki, Dik Advokaat Gollandiya termasida uchinchi marta ish boshlamoqda. Avval u 1992-1994, 2002-2004 yillarda u bilan ish olib borgan edi.