Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis 0-0 Espanyol
04/04 23:45 Lasio 1-1 Parma
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

FIFA Kengashi JCH-2026da konfederasiyalar uchun kvotalarni tasdiqladi

FIFA Kengashi JCH-2026da konfederasiyalar uchun kvotalarni tasdiqladi

Baho:
+ | -

Xalqaro futbol federasiyalari assosiasiyasi (FIFA) Kengashi 2026 yili o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha jahon chempionatida konfederasiyalar uchun ajratilgan kvotalarni tasdiqladi.

Eng ko‘p o‘rin Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) ga taqdim etiladi — 16 ta yo‘llanma, deb xabar qilinadi FIFA rasmiy saytida.

FIFA Kengashining majlisi seshanba kuni Bahrayn poytaxti Manama shahrida bo‘lib o‘tdi.

Majlisda FIFA kengashi byurosining taklifi ratifikasiya qilindi. Unga ko‘ra konfederasiyalar o‘rtasidagi kvotalar quyidagi tarzda taqsimlangan:

OFK (Osiyo) – 8,5 kvota;
KAF (Afrika) – 9,5 kvota
KONKAKAF (SHimoliy va Markaziy Amerika va Karib havzasi davlatlari) — 6,5 kvota;
KONMEBOL (Janubiy Amerika) — 6,5 kvota;
OkFK (Okeaniya) — 1,5 kvota;
UYEFA — 16 ta kvota.

Mezbon davlat kvotasi avtomatik ravishda u taalluqli bo‘lgan konfederasiya kvotasi ichidan olinadi.

2026 yilgi jahon chempionati yangicha formatda — 48 ta terma jamoa ishtirokida o‘tkaziladi. Ikkita yetishmayotgan kvota qit’alararo turnirda o‘ynaladi. Unda UYEFAdan tashqari har bir konfederasiyalardan bittadan jamoa ishtirok etadi va qo‘shimcha ravishda mezbon a’zo bo‘lgan konfederasiyadan yana bitta jamoa qo‘shiladi.

Kvotalarning yakuniy tasdig‘i 11 may kuni Manamada o‘tayotgan FIFA kongressida o‘tkazilishi kerak.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:54, 10.05.2017.
O'qildi: 11068 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик