Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

13 may kuni Toshkentda ayollar velopoygasi bo‘lib o‘tadi

13 may kuni Toshkentda ayollar velopoygasi bo‘lib o‘tadi

Baho:
+ | -

13 may kuni Toshkentda «Sog‘lom ayol — sog‘lom avlod» velopoygasi bo‘lib o‘tadi. Musobaqa Jahon oila kuni munosabati bilan tashkil etilmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston Velosport federasiyasi.

Tur barcha xohlovchilar uchun ochiq (o‘z velosipedi bilan kelishi lozim). Qatnashchilar 7:00 dan 9:00 ga qadar ro‘yxatga olinadi. Ishtirokchilar yonida pasporti nusxasi bo‘lishi lozim. Har bir ishtirokchiga individual raqam beriladi.

Start va ro‘yxatga olish joyi — Abdulla Qodiriy ko‘chasida Bank-moliya akademiyasining orqa tomoni.

Velopoyga Abdulla Qodiriy va Hamidulla Oripov ko‘chalari chorrahasida 10:00 da boshlanadi. Yo‘nalish masofasi 5 km bo‘lib, Abdulla Qodiriy ko‘chasi oxiriga borib, start nuqtasiga qaytiladi.

Musobaqa uch yosh toifasida o‘tkaziladi: 18−30 yosh, 31−45 va 45 yoshdan. Taqdirlash marosimidan so‘ng O‘zbekiston estradasi vakillari, raqs guruhlari va artistlar ishtirokida musiqali dastur taqdim etiladi.

Manba: gazeta.uz
Kiritildi: 20:33, 11.05.2017.
O'qildi: 3356 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик