Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Inter - Arsenal
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Olimpiakos - Bayer
21/01 01:00 Real Madrid - Monako
21/01 01:00 Sporting - PSJ
21/01 01:00 Tottenhem - Borussiya D
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Zidan Fergyuson natijasini takrorladi. «Yuventus»ga qarshi o‘yinda uni yangilashga harakat qiladi

Zidan Fergyuson natijasini takrorladi. «Yuventus»ga qarshi o‘yinda uni yangilashga harakat qiladi

Baho:
+ | -

Murabbiy sifatida Yevropa Chempionlar ligasining finaliga ketma-ket ikki bor yo‘llanma olish bunga qadar faqatgina Ser Aleks Fergyusonga tegishli edi.

1998 va 1999 yilgi mavsularda Fergyuson «Manchester Yunayted» klubini finalga qadar boshlab kelgan. Uning birinchisida «mankunianlar» Madridning «Real» klubidan yengilgan bo‘lsa, kelasi mavsum «Bavariya» ustidan fantastik g‘alabani qo‘lga kiritgandi.

2017 yilga kelib esa Zinedin Zidan shotlandiyalik mutaxassis natijasini takrorladi va «Qirollik klubi»ni qatorasiga ikkinchi bor Yevropa Chempionlar ligasining finaliga qadar boshlab keldi.

Uning birinchisi «Real» uchun omadli bo‘lib, finalda «Atletiko» taslim etilgandi. Shu yilning 3 iyun kuni «Real» ikkinchi finalda «Yuventus»ga qarshi saf tortadi.

Chempionlar ligasida ketma-ket ikki bor zafar quchish na bir klubga va na bir murabbiyga nasib etgan. Zidan va «Real» bu borada birinchi bo‘lib olishi mumkin.

Ma’lumot uchun, «Yuventus»ga qarshi final Uelsning Kardiff shahrida joylashgan «Millenium» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:24, 12.05.2017.
O'qildi: 9359 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.