Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/10 00:00 Vilyarreal 3-1 Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut 3-1 Sautgempton
01/10 13:00 Sentrel Kost 1-2 Buriram Yunayted
01/10 15:00 Kavasaki Frontale 0-1 Kvangju
01/10 15:00 Poxang Stilers 3-0 Shangxay Port
01/10 17:00 Johor Dorul Ta'zim 3-0 Shanghai Shenhua
01/10 21:00 Sepohon 4-0 Istiqlol Dushanbe
01/10 21:00 Sharja 2-2 Al-Vihdat
01/10 21:45 Zalsburg 0-4 Brest
01/10 21:45 Shtutgart 1-1 Sparta
01/10 23:00 Al-Hilol 5-0 Ash-Shorta
01/10 23:00 Al-G‘arafa 4-2 Al-Ayn
01/10 23:59 Arsenal 2-0 PSJ
01/10 23:59 Bayer 1-0 Milan
01/10 23:59 Borussiya D 7-1 Seltik
01/10 23:59 Barselona 5-0 Yang Boyz
01/10 23:59 Inter 4-0 Srvena Zvezda
01/10 23:59 PSV 1-1 Sporting
01/10 23:59 Slovan 0-4 Manchester Siti

“Metallurg”dan inglizcha futbol

“Metallurg”dan inglizcha futbol

Baho:
+ | -
Bu yilgi chempionat o‘yinlarini ko‘ngildagidek o‘tkaza olmayotgan “Metallurg” 10-turda Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasini qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.   Bekobodliklar bu uchrashuvda inglizcha futbol namoyish etishib, barcha gollarni raqib darvozasiga ikkinchi qavatda – bosh bilan kiritishdi.   O‘z maydonida doimo hujumkor futbol namoyish etuvchi “Metallurg” bu safar ham an’anasiga sodiq qoldi. Ammo mehmonlar ham safar o‘yiniga garchi tarkibda ba’zi yo‘qotishlar bo‘lsa-da,  jiddiy niyatda kelganliklarini yashirishmadi. Maydon egalari tomonidan kiritilgan tezkor gol tashabbusning to‘liq mezbonlar tomoniga o‘tib ketishini ta’minladi. 8-daqiqada AlisherZiyovuddinov chamasi 27-28 metrlar masofadan jarima zarbasi ishladi. To‘pni Jahongir Abdumo‘minov tepdi. Shohruh Eshbo‘tayev qiyinchilik bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchakdan Murodjon Toshmatov to‘pni o‘yinga kiritib berganida esa bekobodliklar hisobni ochishdi. Islom Qobilov boshi bilan to‘pni urib darvoza to‘riga tushirdi– 1:0.

Uchrashuvning 16-daqiqasida “Metallurg”  o‘ng qanotdan yana xavfli hujum uyushtirdi.  Mirg‘iyos Sulaymonovning uzatib bergan to‘pini bekobodliklarning bir yo‘la ikki o‘yinchisi– Alisher Ziyovuddinov hamda Zohid Abdullayevlar chalqancha uslubda darvozaga yo‘llamoqchi bo‘lishdi.  Ammo yakunda bir birlariga xalaqit berishib, imkoniyatni qo‘ldan chiqarishdi.

Uchrashuvning21-daqiqasidabekobodliklar yana standart vaziyatdan unumli foydalanishdi. O‘ng burchakdan Murodjon Toshmatov uzatib bergan to‘pni bu safar Dostonbek Tursunov bosh bilan urib darvoza to‘riga tushirdi. To‘p darvoza to‘siniga tekkan holda chiziqni kesib o‘tdi. Juda chiroyli gol bo‘ldi– 2:0!

32-daqiqada bekobodliklar yana tezkor hujumni amalga oshirishdi. Zohid Abdullayevning kuchli zarbasidan so‘ng Shohruh Eshbo‘tayev to‘pni egallab oldi. Birinchi taym tugashi arafasida “So‘g‘diyona”  xavfli qarshi hujumni tashkil etdi. Sardorbek Eminovning chamasi 20-22 metrlardan tepgan to‘pini Zafar Safayev qiyinchilik bilan ushlab oldi.

Ikkinchi taym avvalida mehmonlar tarkibida bitta o‘zgarish bo‘ldi. Omon-biyik Xalilov o‘rniga Shohruh Dostonov tushdi. Aynan u mehmonlarning ikkinchi taymdagi birinchi xavfli hujumini uyushtirdi. Tezkorlik bilan to‘pni qanotdan jarima maydonigacha olib kelishga muvaffaq bo‘ldi.  To‘p jarima maydoniga yetkazib berilganda Islom Qobilov to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi deb topildi. Bosh hakam Zokir Qodirov biroz ikkilanib penalti belgiladi. Penaltini esa G‘ulom O‘runov aniq amalga oshirdi – 1:2. Bu 50-daqiqada sodir bo‘ldi.

Mehmonlarning xursandchiligi esa uzoq davom etmadi. 54-daqiqada bekobodliklarning o‘ng qanotdan uyushtirgan kombinasiyasi gol bilan yakunlandi. Toshmatov– Sulaymonov– Abdumo‘minov kombinasiyasini Jahongir muvaffaqiyatli tugatdi – 3:1.

59-daqiqada ZafarSafayevning xatosi “Metallurg”ga qimmatga tushishi mumkin edi. U to‘pni to‘g‘ri raqib o‘yinchisiga tashlab berdi.  Yaxshiki Shohruh Dostonovning darvozabon ustidan oshirib tepgan to‘pi noaniq ketdi.

Uchrashuv so‘nggiga kelganda ikkala jamoa ham o‘yin sur’atini biroz tushirib yuborishdi. 85-daqiqada Sardorbek Eminovning zarbasi noaniq chiqdi.  Uchrashuvning so‘nggi o‘n daqiqasini Dilmurod Karimov jarohat olib tark etgach kamchilik bo‘lib o‘ynagan“Metallurg” zarur g‘alabani saqlab qoldi.   “Metallurg” – “So‘g‘diyona” – 3:1 (2:0) . 12.05.2017 yil. Bekobod shahri. “Metallurg” stadioni. 1112 tomoshabin.

Hakamlar
: Zokir Qodirov– 8,7;Obod Jumayev– 8,3;Ruslan Samandarov– 8,6;Komiljon Rasulov– 9.

Nazoratchi hakam: Rashid Aytekov.

O‘zPFL vakili: Bobur Haydarov.

Gol: 1:0 – Islom Qobilov 8(pas – Murodjon Toshmatov), 2:0 – Dostonbek Tursunov 21 (pas – Murodjon Toshmatov), 2:1 – G‘ulom O‘runov, 50-p, 3:1 – Jahongir Abdumo‘minov, 54 (pas – Mirg‘iyos Sulaymonov).

“Metallurg”: 1. Zafar Safayev, 4. Hikmat Hoshimov (s), 11. Murodjon Toshmatov, 13. Sanjar Qodirqulov (22. Islom Isoqjonov, 75), 15. Zohid Abdullayev, 17. Mirg‘iyos Sulaymonov, 19. Alisher Ziyovuddinov (8. Ayubxon No‘’monov, 65), 20. Dostonbek Tursunov, 28. Abror Toshqo‘ziyev, 40. Islomjon Qobilov (6. Dilmurod Karimov, 69), 70. Jahongir Abdumo‘minov.

Zahira: 32. Suhrob Sultonov, 3. Vusol Magerramov, 7. Doniyor Odilov, 14. Davron Karimqulov,

“So‘g‘diyona”: 12. Shohruhjon Eshbo‘tayev, 3. Azamat Isroilov, 5. G‘ulom O‘runov (s), 13. Rustam A’zamov, 17. Ixtiyor Toshpo‘latov, 18. Qahramon Bahodirov, 20. Ulug‘bek Xudoyberdiyev, 22. Doston Abdurahmonov, 34. Omon-biyik Xalilov (11. Shohruh Dostonov, 46), 59. Sarvarjon Jo‘rayev (35. Shahboz Jo‘rabekov, 77), 77. Sardorbek Eminov.

Zahira: 1. Sarvar Karimov, 6. Sunnatilla Mamadaliyev, 7. Sanjar Rashidov, 15. Izzatilla Abdullayev, 70. Dadajon Mamatqulov.

Ogohlantirish: Ixtiyor Toshpo‘latov, 66, Zohid Abdullayev, 90. Eng yaxshi o‘yinchilar: H. Hoshimov – I. Toshpo‘latov.
Manba: metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 14:05, 13.05.2017.
O'qildi: 2930 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.