Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Abduqahhor Ma’rufaliyev: «So‘g‘diyona»ning o‘yinlarini sinchiklab o‘rgangandik»

Abduqahhor Ma’rufaliyev: «So‘g‘diyona»ning o‘yinlarini sinchiklab o‘rgangandik»

Baho:
+ | -

Oliy liga 10-turidan o‘rin olgan “Metallurg” – “So‘g‘diyona” (3:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi o‘z fikrini aytdi.

Abduqahhor Ma’rufaliyev, “Metallurg” FK murabbiyi: “Uchrashuvda tezkor kiritilgan gol futbolchilarimiz ruhiyatini ko‘tardi. G‘alaba yo‘lidagi ishimizni ancha yengillashtirdi. Uchrashuvga tayyorgarlik jarayonida “So‘g‘diyona”ning o‘yinlarini sinchiklab o‘rgangandik. Tarkibdagi yo‘qotishlar bois jizzaxliklar o‘zlarining eng yaxshi o‘yinlarini ko‘rsata olmadi, deb o‘ylayman. Biz mashg‘ulotlar davomida standart vaziyatlar ustida ko‘p ishladik. Uchta gol ham bosh bilan urilganligi mehnatlarimiz samarasiz ketmaganligini ko‘rsatdi. Jamoaning egallab turgan mavqeidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak biz uchun har bitta o‘yin finalga teng bo‘laveradi. Toshkentda “Bunyodkor”dan ochko olgandik, bugun “So‘g‘diyona”ni mag‘lubiyatga uchratdik. Jamoada yoshlarga ko‘proq e’tibor qaratayapmiz. Zero, tezkor, zamonaviy futbol namoyish etish uchun shunday ishlashda davom etish kerak, deb o‘ylayman”, - dedi Ma’rufaliyev.

 

Manba: metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 14:11, 13.05.2017.
O'qildi: 2670 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик