Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Standart vaziyat «qirollari» bilan tanishing

Standart vaziyat «qirollari» bilan tanishing

Baho:
+ | -

«Agar men ingliz klubining sohibi bo‘lganimda, murabbiylikka Toni Pyulisni taklif etardim. U – jamoa ko‘zlagan marraning zabt etilishi kafolati. Tonining jamoalari aynan murabbiy o‘ylagandek ish tutadilar. Bu –futboldagi eng qiyin vazifa!» - kasbdoshlari tajribasidan nimadir olish ilinjida bo‘lgan Joze Mourinyoning xulosasi ana shunday. Arsen Venger esa Pyulisga qarshi har bir uchrashuvda Rori Delapning to‘pni autdan o‘yinga kiritishini ajablanib kuzatadi, Tonining sodda uslubidan ensasi qotadi. Baribir, kasb­doshini cho‘rtkesar murabbiy, deb hisoblaydi. Pyulis ixlosmandlari orasida ser Aleksni ham uchratish mumkin. Qiziq, doimo boshidan siyqasi chiqqan kepkasini, egnidan sport kostyumini qo‘ymaydigan britaniyalik mutaxassis kim o‘zi?

«Brom» ximiyasi

Pyulis - o‘yin uslubini imkoni boricha soddalashtirish evaziga har qanday jamoa bilan rejalashtirilganidan ko‘ra yuksak natijani qayd etishga tayyor turadigan murabbiy. Pyulisning futboli Angliya stadionlaridagi pirogni eslatadi: mazasini maqtay olmaysizu, asosiysi, ehtiyojingizni qondirasiz - qorningiz to‘yadi. Toni va uning jamoalari - avvallari «Stok Siti», hozir «Vest Bromvich» o‘ta jo‘n uslub uchun doimiy tanqid ostida. Bosh murabbiy assistenti Deyv Kemp esa ajoyib himoya vositasini topib olgan: «Sizning qanday qilib jamoani tomoshabop qilmoqchi ekaningizni bilmayman. Nima, o‘yinchilarni mini-yubkalarda maydonga tushishga majbur etmoqchimisiz?!». Pyulis esa har qanday so‘zamol tanqidchini gazetaning so‘nggi sonida chop etilgan turnir jadvalini ko‘rsatish orqali mum tishlatadi. Darhaqiqat, bir qator «deh­qoncha» qoloq o‘yinlarni namoyish etishiga qaramay, uning «Vest Brom»i APL vakillari orasida sakkizinchi pog‘onada bormoqda. Bu - albatta, yo‘qdan bor qiladigan fidoyi murabbiyning izlanishlari samarasi. Sir emaski, jamoa moliyaviy jihatdan ham, tarkib borasida ham cheklangan imkoniyatlarga ega. Tonining ustakorligi tufayli APL­ning chinakam britancha, jamoasi maqomini olgan «Vest Brom» standart vaziyatlarni o‘zi uchun dahshatli qurolga aylantirib olgan: burchak zarbalaridan unumli foydalanish orqali 14ta, jarima zarbalaridan 4ta gol urildi. Ya’ni, APLda standart vaziyatlardan samara chiqarish borasida unga tenglasha oladigan jamoa yo‘q. Hatto Yevropa top-chempionatlari bo‘yicha ham «Vest Brom» yetakchi! To‘g‘ri, «Real» hisobida 20ta, «Monako»da 22ta gol standart mahsuli. Ammo foizlar bo‘yicha hisoblanganda, «Vest Brom» (46,15 foiz) oldinda.

Shu o‘rinda standart vaziyatlarga yetarlicha e’tibor bermaydigan mutaxassislarga e’tirozimiz bor:

birinchidan, zamonaviy futbolda gollarning uchdan bir qismi aynan shunday holatda uriladi;

ikkinchidan, top-chempionatlardagi natijalarni tahlil qiladigan bo‘lsak, standart vaziyatlardan samarali foydalanayotgan jamoalar kutilganidan yuqoriroq natijalarga erishganlariga guvoh bo‘lamiz. Masalan, «Xoffenxaym» standartlar evaziga YECHL yo‘llanmasidan biriga da’vogarlik qilmoqda;

uchinchidan, allaqachon APLni tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan «Sanderlend» yaqqol misol bo‘la oladi: Sem Ellardays davrida «qora mushuklar» standartda 15ta gol yaratishgandi. Devid Moyes rahbarligida esa atigi 2tagina. Natijani aytib o‘tdik. Shular bo‘lmaganida, Pyulisning «Vest Brom»i «Sanderlend»ga sherik bo‘lardi.

«Vest Bromvich» prinsiplari

Toni Pyulis standartlardan foydalanishga oid bir nechta ishlanmalar yaratgan. «Vest Brom»ning asosiy ustunligi - raqibi uning navbatdagi burchak zarbasini amalga oshirayotganda qanday harakat qilishidan bexabarligida. Toni har bir raqibning imkoniyatlari, uslubidan kelib chiqqan holda turli usullarni qo‘llaydi. Uch nafar futbolchining raqib darvozaboni maydonchasida tartibsizliklarni yuzaga keltirishi, biri olis burchak yonida ochilishi, yana ikki nafari darvozabon maydonchasidan chiqib qaytishi mumkin bo‘lgan to‘pni nazorat qilishi - eng ko‘p qo‘llaniladigan usul.

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 01:44, 14.05.2017.
O'qildi: 6571 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик