Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Toshkentda "Bahorgi ayollar" velomarafoni bo‘lib o‘tdi

Toshkentda "Bahorgi ayollar" velomarafoni bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

2017 yilning 13 may kuni poytaxtimizda “Bahorgi ayollar" velomarafoni bo‘lib o‘tdi. Butunjahon oila kuniga bag‘ishlab tashkil etilgan mazkur velomarofon O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi hamda mamlakat velosipiyed sporti Federasiyasi tashabbusi bilan o‘tkazildi. Musobaqa uch yosh toifasida tashkil etildi.

Birinchi toifadan 18 -30 yoshli xotin-qizlar o‘rin olgan bo‘lsalar, 31-45 yoshli ishtirokchilar ikkinchi toifaga ajratilishdi. Uchinchi yosh toifasini esa yoshi 45 dan oshgan ayollar tashkil etib berishdi. Marafonda nafaqat professional sportchilar, shuningdek, san’at va sport yulduzlari va havaskorlar ishtirok etishdi.

Jumladan, estrada, teatr va kino yulduzlaridan shu kuni Rayxon, Shahzoda, Samandar Hamroqulov, Mashhurbek, Ruhshona, Lola, Ra’no Yarasheva, Rihsitilla Abdullayev, Rayxon Ulasenova velomarafonga o‘z tashrifi bilan yanada fayz kiritishdi. Aslida mazkur velomarafonni tashkil etishgan ko‘zlangan asosiy maqsad xotin-qizlar o‘rtasida faol va sog‘lom turmush tazini targ‘ib qilish, ularni jismoniy kamolotga yetkazish, ishtirokchilar sport mahoratini oshirish, ekologik jihatdan ularning xavfsizligini ta’minlashdan iborat edi.

Toshkentning Abdulla Qodiriy ko‘chasi bo‘ylab jami 5 km masofaga o‘tkazilgan marofonda poytaxtimiz va Toshkent viloyatidan bir yarim mingdan ziyod xotin-qizlar ishtirok etishdi. Natijalar quyidagi ko‘rinishni hosil qildi:

Professional sportchilar bahsi
1. Margarita Misyurina
2. Olga Jantuganova
3. Sofiya Karimova

18-30 yoshli xotin-qizlar o‘rtasida
1. Alena Shirakalova (Toshkent)
2. Adolat Sotvoldiyeva (Toshkent)
2. Maxliyo Nurkiyeva (Toshkent viloyati)
3. Xilola Dilmurodova (Toshkent)
3. Yelena Galika (Toshkent viloyati)
3. Dildora Sofiyeva (Toshkent)

31 – 45 yoshli ayollar o‘rtasida
1. Olga Drobisheva (Toshkent)
2. Olga Shatalova (Toshkent)
2. Shohista Sodiqova (Toshkent viloyati)
3. Yevgeniya Iratova (Toshkent)
3. Xulkar Abdujapparova (Toshkent viloyati)
3. Svetlana Apsetova (Toshkent viloyati)

45 yoshdan katta ayollar o‘rtasida
1. Svetlana Isayeva (Toshkent)
2. Svetlana Shirkayeva (Toshkent)
2. Dilfuza Olloyorova (Toshkent viloyati)
3. Firdaus Deminskaya (Toshkent)
3. Alyona Polyakova (Toshkent viloyati)
3. Gulchexra Peritkulova (Toshkent viloyati)

Velomarafon yakunida g‘olib va sovrindor bo‘lgan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.Taqdirlashkasi marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Narbayeva ishtirok etdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 11:47, 14.05.2017.
O'qildi: 3024 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.