Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Mourinyo «Real»dan Froxoldt transferini so‘radi — tovon puli 85 mln yevro

Mourinyo «Real»dan Froxoldt transferini so‘radi — tovon puli 85 mln yevro

Baho:
+ | -

«Portu» markaziy yarim himoyachisi Viktor Froxoldt faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. «Real» 20 yoshli daniyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Jurnalist Ben Fernandes Santos ma’lumotiga ko‘ra, Froxoldt Madrid klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyuga juda yoqadi. Portugaliyalik mutaxassis yosh yarim himoyachining imkoniyatlarini yuqori baholaydi va uni jamoasida ko‘rishni istamoqda.

Ayni paytda «Real» Froxoldtni diqqat bilan kuzatib bormoqda va yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar kelishuvni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

Froxoldtning «Portu» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan. Kelishuvda futbolchining tovon puli 85 million yevro qilib belgilangan.

Daniyalik yarim himoyachi «Portu» safiga 2025 yil yozida «Kopengagen»dan kelib qo‘shilgan.

Kiritildi: 17:31, 20.08.2026.
O'qildi: 1585 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик