Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

Jasur Azimov: «Nasaf»ga urgan golim - faoliyatimdagi eng chiroylisi»

Jasur Azimov: «Nasaf»ga urgan golim - faoliyatimdagi eng chiroylisi»

Baho:
+ | -

«Dinamo» - «Nasaf» (1:1) uchrashuvida Samarqand jamoasi goliga mualliflik qilgan Jasur Azimov shu kuni maydonda eng faol to‘p surgan futbolchilardan biri bo‘ldi. O‘yindan keyin futbolchining uchrashuv borasidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- Jasur, avvalo «Nasaf» bilan kechgan uchrashuv borasida to‘xtalsangiz. O‘yin va natijadan qoniqdingizmi?

- «Nasaf» bilan o‘yin og‘ir o‘tishini bilardik. Bahs oldidan murabbiylarimiz himoyaviy o‘yin namoyish etib, qarshi hujumlarda to‘p surishimizni uqtirishgandi. «Nasaf» asosan Akmal Shorahmedov orqali aynan men to‘p surgan qanotdan ko‘proq hujum qilishi ma’lum edi, shu bois men ham imkonqadar hujumga qo‘shilishim kerak edi. Gol bo‘lgan vaziyatni mashg‘ulotlarda ko‘p mashq qilardik. Bu safar o‘yinda ushbu kombinasiyani sinab ko‘rib, gol urishga erishdim. O‘yinimdan to‘liq qoniqdim deya olmayman. Shu kuni g‘alabani ushlab qolishimiz kerak edi, ammo omadimiz kelmadi.

- «Nasaf» darvozasiga kiritgan golingiz Oliy Ligadagi dastlabkisi…

- Xuddi shunday, Oliy Ligadagi birinchi golimni urdim. Bu men uchun eng chiroyli golim bo‘ldi. Yanada ishlab, bundan keyin ham muxlislarimizni quvontirishga intilaman.

- Sizni oldin tayanch yarimhimoyachisi sifatida bilardik. Hozir esa chap qanotda to‘p surayapsiz. O‘zingizga qolsa, qaysi chiziqda to‘p surishni istardingiz?

- Ochig‘ini aytsam, oldingi yillar tayanch yarimhimoyasida to‘p surganligim sababli o‘zimga chap qanot himoyasidan ko‘ra, yarimhimoyada to‘p surish yoqadi. Hozirgi ampluam ham yomon emas, murabbiylar qayerda foydam ko‘proq tegishini aytishsa, o‘sha yerda to‘p suraman. Birinchi navbatda jamoa manfaati.

- Oldinda «Dinamo»ni «Obod» bilan o‘yin kutib turibdi…

- Toshkentdagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. So‘nggi to‘rt o‘yinda g‘alabaga yaqin kelgan bo‘lsakda, qo‘lga kirita olmadik. Shunga qaramay, muxlislarimiz har qanday vaziyatda jamoamizni qo‘llab-quvvatlashda davom etishmoqda. «Obod» ham ancha yaxshi jamoa, ularga qarshi shiddatli o‘yin bo‘lishiga ishonchim komil. Bu bahsda bizni faqat g‘alaba qanoatlantiradi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 14:31, 15.05.2017.
O'qildi: 3451 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.