Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Namanganda yirik Xotira turniri boshlandi

Namanganda yirik Xotira turniri boshlandi

Baho:
+ | -

Bugun Namangan viloyat futboliga o‘zlarining ulkan mehnatlarini qo‘shgan marhum futbol faxriylari Nikolay Lyan, Yuriy Ten va Davlat Shabayevlarning xotiralariga bag‘ishlangan xotira turniri boshlandi.  2005-2006 yillarda tug‘ilgan bolalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Respublika ochiq turnirida 20 ta jamoa beshta guruhga bo‘lingan holda bahslarga kirishdi. Musobaqa o‘yinlari “Navbahor-Umid” futbol maktabi va “Barkamol Avlod” o‘yingohi maydonlarida bo‘lib o‘tmoqda. Turnirda viloyatimiz tuman terma jamoalari bilan bir qatorda Andijon, Farg‘ona va Qo‘qon shahri jamoalari ham qatnashayotganligini qo‘shimcha qilish joiz.
Guruhlar tarkibi
“A” guruhi: “Navbahor-Umid” (Namangan), “Umid” (YAngiqo‘rg‘on), “FIMI” (Andijon), Mingbuloq tuman terma jamoasi;
“V” guruhi: “Barkamol” (Namangan), “FIMI-2” (Andijon), 15-DIMI (Namangan), “Qo‘qon” (Qo‘qon);
“S” guruhi: “Obod” (Namangan), 15-DIMI-2 (Namangan), Uychi t. t. j., Andijon sh. t. j.;
“D” guruhi: “O‘zDong-Ju” (Andijon), “Qo‘qon-1912” (Qo‘qon), “Norin” (Haqulobod), Uchqo‘rg‘on t. t. j.;
“E” guruhi: “Neftchi” (Farg‘ona), “Aziya” (Andijon), “Navbahor-2007” (Namangan), 1-BO‘SM (Namangan).
Bugun kunning birinchi yarmida musobaqaning dastlabki tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
1-tur, 16 may
“Navbahor-Umid” – “FIMI” – 3:0
“Umid” – Mingbuloq t. t. j. – 0:1
“Barkamol” – 15-DIMI – 1:1
“FIMI-2” – “Qo‘qon” – 2:1
“Obod” – 15-DIMI-2 – 0:0
Uychi t. t. j. – Andijon sh. t. j. – 0:2
“O‘zDong-Ju” – “Norin” – 3:1
Uchqo‘rg‘on t. t. j. – “Qo‘qon-1912” – 2:1
“Neftchi” – “Navbahor-2007”, “Aziya” – 1-BO‘SM uchrashuvlari bugun kechki payt o‘tkaziladi.
Musobaqaning guruh bosqichi 18 may kuni yakuniga yetadi. Guruhlarda peshqadamlikni qo‘lga kiritgan va eng yaxshi ko‘rsatkichga ega uchta ikkinchi o‘rin sohiblari chorak finalda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishadi. Turnirning hal qiluvchi final o‘yini esa 20 may sanasiga rejalashtirilgan. Ertaga soat 10.30da  “Navbahor-Umid” futbol maktabida xotira turnirini ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchilar mazkur musobaqaning ochilish marosimiga Namangan futboli faxriylarini taklif etishgan. Ochilish marosimida qatnashishni istagan muxlislarni “Navbahor-Umid” futbol maktabiga taklif etamiz.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 15:49, 16.05.2017.
O'qildi: 3738 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.