Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Vulverhempton - Liverpul
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Vladimir Bayenko: «Futbolchilar bilan o‘yindan bir kun oldin palov yeymiz»

Vladimir Bayenko: «Futbolchilar bilan o‘yindan bir kun oldin palov yeymiz»

Baho:
+ | -

Joriy mavsum boshida «Buxoro» safini to‘ldirgan Vladimir Bayenko qisqa muddat ichida yangi jamoasiga moslasha oldi. Yaqinda FootBoom portali ko‘hna shaharliklarning ukrainalik legionerini suhbatga tortib, uning O‘zbekistondagi faoliyati bilan qiziqish barobarida, boshqa mavzulardagi savollariga ham javob olishdi.

— «Buxoro» safiga qishda qo‘shilgandingiz. Hozirga kelib bir qator uchrashuvlarda maydonga tushdingiz. Ancha moslashib oldingizmi?

— Hammasi ko‘ngildagidek. Meni bu yerda iliq qabul qilib olishdi. Shu bois ham muammolar bo‘lmadi. Shart-sharoitlardan to‘la qoniqyapman. Murabbiyning talabi, mahalliy odatlar va o‘yin ritmini tezda tushunib oldim. To‘g‘risini aytsam, moslashishim o‘zim kutgandan ham tezroq amalga oshdi.

— Iqlim sharoiti qiyinchilik tug‘dirmayaptimi?

— Yo‘q. Kunlar endi isiy boshladi. Bunga qadar ob-havo xuddi Ukrainadagi kabi edi.

— O‘zbekiston va Ukraina futboli orasidagi tafovutni sezdingizmi?

— Ha, albatta. Birinchi farqi, bu yerda «Dinamo» va «Shaxtyor» kabi grandlar yo‘q. Shuning uchun natijalarni oldindan taxmin qilib bo‘lmaydi. Joriy mavsumdagi uchrashuvlar klublarning kuchlari deyarli teng ekanini ko‘rsatmoqda. Raqib qaysi jamoa bo‘lishidan qat’iy nazar, undan ochko olish mumkin. Har bir uchrashuv turnir jadvalidagi holatingizga jiddiy o‘zgartirish kiritishi tayin. Aytaylik, ikkinchi o‘rinda ketyapsiz. Qabul qilib olingan bittagina mag‘lubiyat klubingizni yetti yoki sakkizinchi o‘ringa tushirib yuborishi hech gap emas.

— O‘yinlar tezligi qanday?

— Bizning mamlakatdagi kabi tezkor, deya olmayman. Ammo aytaylik, Ukraina chempionatida «Stal»-«Zirka» uchrashuvida ham tezlik yuqori emas. Biroq «Shaxtyor»ning o‘yiniga qarab taqqoslaydigan bo‘lsak, ukrainlar bu borada ancha ustun. Umuman olganda esa, farq unchalik katta emas.

— Ukraina futbolidagi kabi qo‘polliklar O‘zbekistonda ham kuzatiladimi?

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:25, 18.05.2017.
O'qildi: 4060 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.