Kirish Ro'yxatdan o'tish

Allegri: Hali oldimizda bir nechta jiddiy o‘yinlar bor

Allegri: Hali oldimizda bir nechta jiddiy o‘yinlar bor

Baho:
+ | -

Italiya kubogi sovrini qo‘lga kiritilgandan so‘ng “Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri chempionatning keyingi turida “Krotone”ga qarshi uchrashuv haqida fikr bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, agar turinliklar ushbu uchrashuvda g‘alaba qozonishsa, Italiya “A” seriyasi chempioniga aylanishadi.

“Birinchi bo‘limda yuzaga kelgan imkoniyatlardan unumli foydalandik, ikkinchisida yaxshi himoyalana oldik.

Oldimizda “Krotone”ga qarshi uchrashuv bor, biz aynan shu uchrashuvdan so‘ng chempionatda g‘oliblikni rasmiylashtirishni rejalashtirganmiz.

Ushbu o‘yin natijasi mavsumdagi barchasini hal qila oladi. “Lasio” bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdagi kayfiyatni ushlay olsak, o‘ylaymanki g‘alaba qozonish uchun shuning o‘zi kifoya bo‘ladi”, — deydi Allegri.

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 00:58, 19.05.2017.
O'qildi: 2980 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик