Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-0 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 0-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Aleksandr Xomyakov: "Derbida hayajonlarni jilovlab bo‘lmaydi"

Aleksandr Xomyakov: "Derbida hayajonlarni jilovlab bo‘lmaydi"

Baho:
+ | -

“Nasaf” – “Mash’al” uchrashuvidan keyin mehmon jamoa ustozi Aleksandr Xomyakov o‘yin haqidagi z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.


-Bugun biz shiddatli uchrashuv guvohi bo‘ldik. Bu derbi. Derbida jamoalar  turnir jadvalidagi maqomiga qaramasdan ana shunday keskin o‘yin namoyish etishadi. Derbida kuchli jamoa g‘alaba qozonadi. Bugun mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsakda, futbolchilarimiz ajoyib o‘yin namoyish etishdi. Afsuski yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Ammo o‘yinchilarimizga e’tirozim yo‘q. Ular bugun astoydil harakat qilishdi. Noiloj keyingi o‘yinlarga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘ramiz.


O‘yinchilarimiz qo‘pol o‘ynashdi? Bunaqa o‘yinlarda futbolchilar o‘z hayajonini jilovlay olishmay qolishadi. To‘g‘ri, ba’zan o‘yinchilarimiz qo‘pollik ham ishlatishdi, buning evaziga bir o‘yinchimiz maydondan ham chetlatildi. Bunga albatta e’tibor qaratamiz. Tushuning, bunaqa o‘yinlarda futbolchilar g‘alaba ishtiyoqida,  ba’zan o‘zlarini nazorat ham qila olishmaydi. Qolaversa, bunaqa o‘yindagi mag‘lubiyat ular uchun haqoratdek bo‘ladi. Bugungi o‘yin shunday kechdi.


Shuningdek bugun o‘yinchilarimizda sovuqqonlik ham yetishmadi. Buning evaziga xatolarga ham yo‘l qo‘ydik. Umuman olganda stadionga tashrif buyurgan muxlislar bugun zerikib qolishmadi,-deya fikrlariga yakun yasadi Xomyakov

Manba: www.fcmashal.uz
Kiritildi: 10:58, 19.05.2017.
O'qildi: 2542 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик