Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Futbol muxlislari haqida g‘ayrioddiy voqealar

Futbol muxlislari haqida g‘ayrioddiy voqealar

Baho:
+ | -

Futbol shunday o‘yinki, uning jozibasidan muxlislar cheksiz bahra olishadi. G‘alaba sarmast­ligini uncha-muncha yoqimli tuyg‘u bilan qiyoslab bo‘lmasligi ham ayni haqiqat. Biroq sevimli jamoalari kutilmagan mag‘lubiyatga uchrasa, bundan chinakamiga jazava tushadigan, nazoratni mutlaqo qo‘ldan chiqarib, kuchli alam ta’sirida nojo‘ya xatti-harakatlarni amalga oshiradigan ehtirosli fanatlar ham bor, albatta. Quyidagi maqola xuddi shunga o‘xshash 10ta g‘ayrioddiy voqea xususida...

Fanatlar Pele bashoratiga qarshi

- Biz Pelening uyi oldida kechasi bilan namoyish uyushtirib, unga uyqu bermaymiz,-dedi avvalgi oy halovati buzilgan kolumbiyalik ashaddiy muxlislardan biri. Bunday asabiy bayonotning sababi oddiy: braziliyalik futbol afsonasi yaqinda yana «bashorat qilish qobiliyati»ni ishga solib, Kolumbiya terma jamoasini navbatdagi mundial bosh sovriniga asosiy da’vogarlardan biri sifatida tilga oldi. Xo‘sh, shunga nima, axir kimsan Pelening e’tirofi yoqimli emasmi? Biroq gap shundaki, allaqachon «anti-Nostradamus» laqabini orttirgan janob Pelening avvalgi aksariyat bashoratlari to‘g‘ri chiqmagan, aksincha, amalda hammasi g‘irt teskari ko‘rinish olgan. «1994 yilgi JCHni bir eslang... O‘shanda ham Pele terma jamoamizning mutlaq kuchliligini aytib, AQSHda g‘alaba qozonishini taxmin qilgandi,-deydi o‘sha jig‘ibiyron muxlis. - Ming afsuski, milliy termamiz amalda hattoki, guruhdan ham chiqolmagandi. Boz ustiga, o‘z darvozamizga gol urib qo‘ygan himoyachi Andres Eskobar alamzada muxlislar tomonidan otib o‘ldirildi. Shunday ekan, yaxshisi, Pelening bashoratlaridan uzoqroq yuraylik. Bizga ortiqcha «drama» kerak emas».

Parker uchun raqs sabog‘i

1990 yil Yamaykaning «Kings of Daymondz» havaskorlar klubi hujumchisi Uesli Parker uchun o‘ta noqulay keldi. Chunonchi, avvaliga uning maydonda ishlari sira yurishmadi. Buning oqibatida bechora futbolchi muxlislarning g‘azabiga duchor bo‘lib, bir necha dahshatli tahdidga ham uchradi. Eng yomoni, bir gal alamzada ishqibozlar uni o‘g‘irlab ketishdi hamda shahar chetidagi qarovsiz bir binoga qamab qo‘yishdi. Mahalliy polisiyaning tergov-surishtiruvlaridan so‘ng aniqlanishicha, niqobli kimsalar futbolchini naq 2 soat davomida «limbo» atalmish g‘oyat serharakat raqsga tushishga majbur qilishgan ekan. Bundan ko‘zlangan maqsad ham «ajoyib» - hujumchining chaqqonligini oshirib, uni vaziyatlardan samarali foydalanishga o‘rgatish! Xullas, bechora Parker 120 daqiqa «berilib» raqsga tushgach, maydonda faolroq bo‘lish sharti bilan ozod qilingan...

Daraxt ustida ochlik...

Tasavvur qiling, qaysidir jamoaning sust o‘yini, noto‘g‘ri taktikasi va qoniqarsiz sport formasidan bezigan ashaddiy muxlissiz. Aytingchi, vaziyatni o‘nglash uchun nima qilasiz? Ana, «Bilmadim» qabilida bosh qimirlatishdan nariga o‘tmadingiz. «Korintians» klubining Roberto ismli ishqibozi esa uzoq o‘ylanib o‘tirmay, stadion yaqinidagi daraxt ustiga chiqib olgancha shunchaki, ochlik e’lon qildi-qo‘ydi. Aniqroq aytsak, u 2003 yili bir qop bananni olib, daraxtga chiqdi-da, o‘zini arqon bilan baquvvat shoxga bog‘ladi. O‘jar Roberto qachonki, jamoa o‘yiniga mazmun kirsagina pastga tushishi haqida ogohlantirishni ham unutmadi. Xullas, Roberto shu ko‘yi daraxt ustida naq 7 kun (!) o‘tirdi. Bu orada sabr kosalari to‘lgan futbolchilar uni chirigan mevalar bilan «toshbo‘ron» qilgancha pastga tushishga undashdi. Biroq qaysar muxlis ularga javob tariqasida banan po‘choqlarini uloqtirib, joyida o‘tiraverdi.

Muhabbat va nafrat chegarasi

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:04, 19.05.2017.
O'qildi: 6825 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.