Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Muzaffar Muzaffarov: “Navoiydagi o‘yin menga juda yoqdi”

Muzaffar Muzaffarov: “Navoiydagi o‘yin menga juda yoqdi”

Baho:
+ | -

Navoiyda bo‘lib o‘tgan “Qizilqum” – “Neftchi” (2:2) bahsidan so‘ng farg‘onaliklar a’zosi Muzaffar Muzaffarov o‘yin haqida fikr bildirdi.

– “Qizilqum”ga qarshi bahsga jiddiy hozirlik ko‘rdik. Raqib nomdor va tajribali o‘yinchilarga ega ekanligi barchamizga yaxshi ma’lum. Shunga qaramay, o‘tgan turdagi g‘alabadan ruhlangan holda safarga uch ochko niyatida bordik. Tezkor gol urishga erishdik va bo‘lim oxirida ham navbatdagi golga egalik qilik. Hattoki, navoiylik muxlislar ham g‘alabamizga shubha qilmagandi desam mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘yin menga juda yoqdi. Yigitlar Navoiyda o‘tgan uchrashuvlarga nisbatan yaxshi harakatlanishdi. Biroq ikkinchi bo‘limda g‘alabani saqlab qola olmaganimiz yoqimsiz bo‘ldi.

Futbolchi uchun gol urish eng yoqimli holat sanaladi. Tezkor gol urib jamoaga foydam tekkanidan xursandman. To‘g‘risi o‘yinni kechroq vaqtga qo‘yilgani sababli yigitlar ham bellashuvdan zavq olib harakat qilishdi. Chunki uchrashuv vaqti futbol o‘ynash uchun juda qulay vaqtga belgilandi. “Obod” bilan Farg‘onada kechgan so‘nggi uy o‘yini juda erta vaqtga to‘g‘ri kelgandi. Shu sabab o‘yinimiz chiqmagandi. Endi “Navbahor” bilan bahsni qulay vaqtga belgilashadi deb umid qilaman.

“Neftchi”ning maqsadi bitta – hamisha g‘alaba qozonish! Ha, namanganliklarga qarshi bellashuv ham qizg‘in o‘tishi aniq. Hali muxlislarni stadionga qaytaramiz. Men bunga ishonaman, – dedi Muzaffarov.

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 16:34, 20.05.2017.
O'qildi: 2664 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик