Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Futzal U20. Dramatik o‘yinda O‘zbekiston Mo‘g‘ulistonni mag‘lub etdi

Futzal U20. Dramatik o‘yinda O‘zbekiston Mo‘g‘ulistonni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha yoshlar (U20) o‘rtasidagi Osiyo chempionatida chorak final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston terma jamoasi ushbu bosqichda Mo‘g‘ulistonga qarshi bahs olib bordi. O‘ta dramatik kechgan o‘yinda Mendez shogirdlari qiyin g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Birinchi bo‘lim
Uchrashuvning startida o‘zbekistonliklar ketma-ket fol ishlatib, qoidabuzarliklar sonini 5taga yetkazib olishdi. Natijada, mo‘g‘ulllar dastlab jarima zarbasidan, so‘ngra dabl-penaltidan gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Shundan so‘ng futzalchilarimiz o‘zlariga kelishdi va ketma-ket hujum tashkil qilib, ketma-ket 3ta gol urishdi. Tomonlar yana bir martadan gol almashishdi va hisob 4:3ga yetdi. Bo‘lim so‘ngida Hoshimov qo‘pol o‘ynagani uchun maydondan chetlatildi. Sharqiy osiyoliklar imkoniyatdan foydalanib, hisobni tenglashtirishdi. Tanaffusga qadar O‘zbekiston yana bitta gol urdi va hisob 5:4ga yetdi.

Ikkinchi bo‘lim
Ikkinchi 20 daqiqalikda tomonlar nisbatan ehtiyotkor o‘yin namoyish qilishdi. Futzalchimiz bir vaziyatda yaqin masofadan bo‘sh darvozaga aniq zarba bera olmadi — to‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi. Mo‘g‘uliston esa 2 marta burchak to‘pidan samarali foydalandi. Bir vaziyatda o‘yinchimiz o‘z darvozasiga to‘pni burib qo‘ygan bo‘lsa, ikkinchisida raqibga zarba berish imkoniyatini berib qo‘yishdi — 5:6. Bu paytda o‘yinning asosiy vaqti tugashiga 3 daqiqa qolgandi. Mendez darvozabon o‘rniga darhol beshinchi o‘yinchi tushirdi. Bu taktika o‘z samarasini berdi va jamoamiz hisobni tenglashtirdi.

Ekstra-taymlar
Qo‘shimcha bo‘limlarning dastlabkisida hisob o‘zgarmadi. Ikkinchi 5 daqiqalik boshlanganda esa raqiblar "standart"dan foydalanib, hisobda oldinga chiqib olishdi. Terma jamoamiz joniga yana "power play" yordamga keldi. O‘zbekistonliklar beshinchi o‘yinchi taktikasi orqali nafaqat muvozanatni tiklashdi, balki hisobda ham oldinga o‘tib olishdi — 8:7.

Mo‘g‘ullar beshinchi o‘yinchi taktikasi tayyor emasligi ko‘rinib qoldi — ham himoyalanishda, ham bu taktikadan foydalanishdi. Darvozabon o‘rniga o‘yinchi tushishi ularga hech qanday naf keltirmadi, aksinsa raqib yana 2ta gol o‘tkazib yubordi. Yakuniy hisob — 10:7.

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Akbar Usmonov bu o‘yinda 6ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada uning musobaqadagi gollari soni 13taga yetdi.

Terma jamoamiz yarim final bosqichida Iroqqa qarshi bahs olib boradi. Bu o‘yin 24 may kuni soat 17:00da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

U-20 Osiyo chempionati
Chorakfinal, 22.05.2017
Indoneziya U-20 - Tailand U-20 – 2:4
Eron U-20 - Livan U-20 – 6:2
Iroq U-20 - Yaponiya U-20 – 1:0
O‘zbekiston U-20 - Mo‘g‘uliston U-20 – 10:7 (q.v.)

Yarimfinallar, 24 may
Tailand U-20 – Eron U-20
Iroq U-20 - O‘zbekiston U-20

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:09, 22.05.2017.
O'qildi: 10308 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик