Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Maksim Shaskix «Dinamo» muxlislari bilan xayrlasha olmaganiga Yuriy Syomin sababchi ekanini aytdi

Maksim Shaskix «Dinamo» muxlislari bilan xayrlasha olmaganiga Yuriy Syomin sababchi ekanini aytdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq hujumchisi Maksim Shaskix 2009 yil Kiyevning «Dinamo» klubi bilan qanday xayrlashgani haqida aytib berdi. Uning bu boradagi fikrlari «Futbol24» nashrida chop etilgan.

2009 yil «Dinamo»ni rossiyalik mutaxassis Yuriy Syomin qabul qilib olgach, Maks jamoadan ketishga majbur bo‘lgandi. O‘z vaqtida «Lokomotiv» bilan muvaffaqiyatli ishlagan mutaxassisning Kiyevdagi jamoasida Shaskix uchun joy yo‘q edi.

«Syomindan xafa emasman. U murabbiy va kim o‘ynashini o‘zi hal qiladi. Shunchaki muxlislar bilan xayrlasha olmaganimdan xafa bo‘lganman. Ishqibozlar men uchun banner tayyorlab qo‘yishgandi, chunki «Dinamo»dan ketishimni hamma bilardi. Ammo o‘yinni tribunadan tomosha qilishga majbur bo‘ldim.

Murabbiy nega bunday qilganini hozirgacha tushunmayman. Savolga javobni o‘qish men uchun qiziq bo‘lardi» - dedi Maksim Shaskix.

Maksim Shaskix uchrashuvni muxlislar qatorida kuzatgan bo‘lsa-da, Kiyevdagi 10 yili bekor ketmaganini tushungani haqida aytdi.

«Dinamo» uchun Yuriy Pavlovichdan ko‘proq ish qildim deb o‘ylayman. Odamlar xayrlashayotganda ham hurmatni yo‘qotmasligi kerak. Men har o‘yinda qo‘llab turgan muxlislar bilan maydonda xayrlasha olmadim. Ammo tribunada o‘tirib ham bu jamoa uchun 10 yil umrim bekor ketmaganini his qilgandim» - dedi Maksim Shaskix.

Ma’lumot uchun, Shaskix ayni damda «Dinamo» yoshlariga murabbiylik qiladi. U yaqindagina «Nasaf» vakili Aziz G‘aniyevni jamoaga taklif qilgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:45, 26.05.2017.
O'qildi: 3844 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.