Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/10 00:00 Vilyarreal 3-1 Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut 3-1 Sautgempton
01/10 13:00 Sentrel Kost 1-2 Buriram Yunayted
01/10 15:00 Kavasaki Frontale 0-1 Kvangju
01/10 15:00 Poxang Stilers 3-0 Shangxay Port
01/10 17:00 Johor Dorul Ta'zim 3-0 Shanghai Shenhua
01/10 21:00 Sepohon 4-0 Istiqlol Dushanbe
01/10 21:00 Sharja 2-2 Al-Vihdat
01/10 21:45 Zalsburg 0-4 Brest
01/10 21:45 Shtutgart 1-1 Sparta
01/10 23:00 Al-Hilol 5-0 Ash-Shorta
01/10 23:00 Al-G‘arafa 4-2 Al-Ayn
01/10 23:59 Arsenal 2-0 PSJ
01/10 23:59 Bayer 1-0 Milan
01/10 23:59 Borussiya D 7-1 Seltik
01/10 23:59 Barselona 5-0 Yang Boyz
01/10 23:59 Inter 4-0 Srvena Zvezda
01/10 23:59 PSV 1-1 Sporting
01/10 23:59 Slovan 0-4 Manchester Siti

Oliy liga. «Qo‘qon-1912» «Buxoro»ni mag‘lub etdi

Oliy liga. «Qo‘qon-1912» «Buxoro»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Oliy liga 12-turida «Qo‘qon-1912 o‘z maydonida «Buxoro»ni qabul qildi.

Uchrashuvdagi hisob 11-daqiqada ochildi. Nosir Otaqo‘ziyev tomonidan oshirilgan to‘pni Suhrob Berdiyev raqib darvozasiga aniq yo‘lladi.

18-daqiqada burchakdan oshirilgan to‘pdan keyin, raqib darvozasi oldida yana bir xavfli vaziyat vujudga keldi. Akmal Xolmurodovning bergan zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.

25-daqiqa buxoroliklar ham xavfli vaziyatga ega bo‘lishdi. Ammo Ivan Nagayev ofsaydda qolib ketgandi.

30-daqiqa Jalil Kimsanov tomonidan oshirilgan to‘pga Filip Rayevas yeta olmadi. Aks holda...
34-daqiqada Murod Xolmuhammedovning jarimadan tepgan to‘pi rikoshet holatda raqib darvozasidan joy oldi. Birinchi bo‘limda katta tashabbusga ega bo‘lgan mezbonlar tanaffusga 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan chiqib ketishdi.

Ikkinchi taymni ham mezbonlar ancha faol tarzda boshlashdi. 47-daqiqa Otaqo‘ziyev - Rayevas kombinasiyasi yakuniga yetmay qoldi.

64-daqiqa Javohir Sidiqov bir necha raqiblarni aldab o‘tgan holda, darvozabon bilan deyarli yakkama-yakka chiqib bordi. Biroq zarbasi kuchsiz chiqdi.

77-daqiqa Nosir Otaqo‘ziyev o‘ta qulay imkoniyatni golga aylatira olmadi. Uning zarbasi yo‘liga himoyachilar g‘ov bo‘lishdi.

Oradan bir daqiqa o‘tib, mehmonlar hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘lishdi. Gol muallifi – Akobir To‘rayev bo‘ldi. Oradan yana bir daqiqa o‘tib yana o‘sha Nosir Otaqo‘ziyevning zarbasi darvoza yonidan o‘tib ketdi. O‘yin 2:1 hisobida yakunlandi.

Oliy liga, 12-tur
«Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – «Buxoro» (Buxoro) – 2:1 (2:0)
Gollar: Suhrob Berdiyev (11), Murod Xolmuhammedov (34) – Akobir To‘rayev (78).

Hakamlar: H. Ro‘ziyev (Toshkent), O. Abduvasilov (Toshkent), S. Shoyusupov (Toshkent), SH. Nasibullayev (Namangan)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
O‘zPFL vakili: B. Haydarov.
“Qo‘qon-1912”: 12. Aziz Ashurov, 4. Bahodir Akramov, 5. Jalil Kimsanov, 7. Jamshid Hasanov, 9. Nosir Otaqo‘ziyev(8. Sobir Hamidov-83) , 10. Javohir Sidiqov, 19. Suhrob Berdiyev (17. Avaz Mamatxo‘jayev-90), 24. Ibrohim Rahimov (11. Andrey Sidorov-75), 26. Akmal Xolmurodov, 77. Murod Xolmuhammedov, 99. Filip Rayevas.
Zaxira: 21. Muzaffar Abdullayev, 25. Iqbol Malikjonov, 85. Ruslan Melzeddinov, 96. Muhammadanas Hasanov.
“Buxoro”: 12. Akmal Tursunboyev, 2. Elbek Ravshanov (10. Bahriddin Vahobov-69), 3. Bobur Omonov, 5. Kirill Pasichnik, 9. Nozim Umurov (7. Suhrob Ne’matov - 51), 11. San’at Shixov, 20. Islom Xoliqov (96. Akobir To‘rayev – 61), 22. Shoxrux Gadoyev, 27. Robbim Hasanov, 29. Vladimir Bayenko, 77. Ivan Nagayev.
Zaxira: 1. Erkin Jabborov, 15. Jamshid Hasanov, 23. Zoxir Pirimov, 44. Mirjalol Jumayev.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 20:54, 26.05.2017.
O'qildi: 2973 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.