Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» — «Alaves». Bugun Luis Enrike kataloniyaliklar bilan so‘nggi bor maydonga chiqadi

«Barselona» — «Alaves». Bugun Luis Enrike kataloniyaliklar bilan so‘nggi bor maydonga chiqadi

Baho:
+ | -

Bugun — 27 may kuni Toshkent vaqti bilan tungi 00:30 da Ispaniya kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi va unda «Barselona» mavsumni La liga debyutanti sifatida o‘tkazgan «Alaves»ga qarshi saf tortadi.

Ushbu to‘qnashuvdan so‘ng «Barselona» bosh murabbiyi Luis Enrike rasman ishdan ketadi. U «PSJ»ga qarshi 0:4 hisobi bilan yakuniga yetgan Chempionlar ligasi uchrashuvidan keyinoq mavsum so‘nggida iste’foga chiqishi haqida aytib o‘tgandi.

Luis Enrike boshqaruvidagi «Barselona» bu mavsum La liga chempionligini Madridning «Real» klubiga berib qo‘ydi. «Qirollik klubi» Chempionlar ligasida ham finalga yetib bordi, «Barselona» esa chorak finalda «Yuventus» dovonidan o‘ta olmadi.

Ispaniya kubogidagi g‘alaba Kataloniya klubini mavsumni sovrinsiz yakunlashdan qutqarib qolishi mumkin.

Final o‘yinida Madriddagi «Visente Kalderon» stadioni mezbonlik qiladi. Bu uchrashuv mazkur arenadagi so‘nggi futbol o‘yini bo‘lib tarixga kiradi. Kelasi mavsumdan boshlab «Visente Kalderon» egalari hisoblangan «Atletiko» futbolchilari yangi stadionda uy uchrashuvlarini o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, «Barselona» finalga qadar «Erkules» (1:1, 7:0), «Atletik» (1:2, 3:1), «Real Sosyedad» (1:0, 5:2), «Atletiko» (2:1, 1:1) klublarini turnirdan chiqarib yubordi. «Alaves» futbolchilari esa «Ximnastik» (3:0, 3:0), «Deportivo» (2:2, 1:1), «Alkorkon» (2:0, 0:0), «Selta» (0:0, 1:0) klublarini qoldirib ketdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:22, 27.05.2017.
O'qildi: 6611 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик