Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/12 00:45 Atalanta 2-1 Kalyari
14/12 01:00 Arsenal 2-1 Vulverhempton
14/12 01:00 Xetafe 0-1 Espanyol
14/12 16:30 Milan 2-2 Sassuolo
14/12 18:00 Sevilya 4-0 Real Ovyedo
14/12 19:00 Fiorentina 1-2 Verona
14/12 19:00 Udineze 1-0 Napoli
14/12 19:00 Kristal Pelas 0-3 Manchester Siti
14/12 19:00 Nottingem Forest 3-0 Tottenhem
14/12 19:00 Sanderlend 1-0 Nyukasl
14/12 19:00 Vest Xem 2-3 Aston Villa
14/12 20:15 Selta 2-0 Atletik Bilbao
14/12 21:30 Brentford 1-1 Lids
14/12 22:00 Jenoa 1-2 Inter
14/12 22:30 Levante - Vilyarreal
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma - Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano - Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted - Bornmut

Totti: "Roma"da o‘tgan yillarim ajoyib tush kabi bo‘ldi, uni qaytarib bo‘lmaydi" (Xayrlashuv nutqi)

Totti: "Roma"da o‘tgan yillarim ajoyib tush kabi bo‘ldi, uni qaytarib bo‘lmaydi" (Xayrlashuv nutqi)

Baho:
+-1 | -

"Roma" hujumchisi Franchesko Totti xayrlashuv nutqini so‘zladi.

"Afsuski, bu kun keldi, bu kunning hech qachon kelmasligini istagandim. Oxirgi vaqtlarda men haqimda aytilgan ajoyib so‘zlar... Hammaga rahmat.

Men aqlsizday yig‘ladim! Bu 25 yilni shunchaki unutib bo‘lmaydi. Hozir menga oson bo‘lmayotgan bo‘lsada, hammaga minnatdorchilik bildiraman. Men ayolim bilan bu 25 yil qanday o‘tgani haqida gaplashdim.

Otamga, onamga, akamga, oilamga va do‘stlarimga rahmat. Ayolim va uch farzandimga rahmat. Gapimni shundan boshlamoqchi dim, chunki gapimni oxiriga yetkaza olmayman degan hadiq bor edi.

Bularning barini bir necha so‘z bilan izhor qilib bo‘lmaydi. Buni she’r yoki poema tarzida yozishni istardim, ammo she’r yozishni unchalik qoyillata olmayman. Men hammasini oyoqlarim bilan o‘yin orqali yetkazishga harakat qildim. Shunda hammasi oddiy kechadi.

Bilasizmi, yoshligimda nima o‘ynashni sevardim? Futbolni! Hozirgacha shunday. Ammo qachonlardir ulg‘ayishing kerak. Menga bu haqida gapirishdi, vaqt hukmini chiqarib bo‘lganini aytishdi.

Vaqt yetib keldi va yelkamdan turtdi va ulg‘ayganimni aytdi. U rtadan boshlab katta kishi bo‘lganimni aytdi. Shortingni va butsalaringni yech, dedi, sen endi erkaksan, maydon chimini hidlashni, adrenalin va bayramlarni nishonlashdagi xursandchiliklarni bas qil, deb aytdi.

Oxirgi oylarda o‘zimga savol berdim: nima uchun bu tushdan uyg‘onishim kerak? Bilasizmi, yoshligingizda shirin tush ko‘rasiz va sizni onangiz uyg‘otadi va siz maktabga borishingiz kerak. O‘sha tushga qaytging keladi, ammo bu tushga hech qachon qaytib bo‘lmaydi.

Shu vaqt davomida intervyu bermaganim uchun va niyatlarimni bo‘lishmaganim uchun meni kechiring. Chiroqni o‘chirish oson bo‘lmadi. Endi men qo‘rqyapman. Shuning uchun yengil qo‘rquvni his qilishimga imkon bering. Hozir sizning ko‘magingizga muhtojman.

Hozir jamoadaoshlarimga, murabbiylarimga, klub rahbariyatig, ishqibozlarga rahmat aytishning vaqti. Men 28 yilimni "Roma"ga berganimdan baxtiyorman va faxrlanaman. Sizlarni sevaman", - deydi Totti.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 02:36, 29.05.2017.
O'qildi: 6364 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.