Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Serxio Ramos: «Chempionatdagi g‘oliblik bizga yordam bermaydi, aksincha xalal berishi mumkin»

Serxio Ramos: «Chempionatdagi g‘oliblik bizga yordam bermaydi, aksincha xalal berishi mumkin»

Baho:
+ | -

«Real» sardori Serxio Ramos «Yuventus»ga qarshi bo‘ladigan Yevropa chempionlar ligasi finali oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bu juda va juda muhim o‘yin. Bizga qarshi kuchli raqib o‘ynaydi. Maydonga chiqib, ajoyib jamoa ekanimizni isbotlash uchun bu yana bir imkoniyat. Biz zalvorli ko‘rinmoqdamiz. Har safar sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyati paydo bo‘lganida, uni yutib olyapmiz. Biz bor e’tiborimizni o‘yinga qaratganmiz. Iloji boricha kamroq xato qilishga harakat qilamiz.

Finalni har ikkala jamoa noldan boshlaydi. Chempionatdagi g‘oliblik ertaga bizga yordam beradi, deb o‘ylamayman. Aksincha, xalal berishi mumkin. Chempionatda g‘olib chiqqanimizdan xursandmiz, boisi, oldimizga qo‘yilgan vazifaga erishdik. Jamoa o‘zini juda yaxshi his qilmoqda. Biz katta hajmdagi ishni amalga oshirdik. Ertaga bizni qiyin o‘yin kutib turibdi. Imkoniyatlar esa 50 ga 50.

Final bahslari boshqa o‘yinlardan farq qiladimi yoki yo‘qmi, bilmadim, lekin biz maydonda o‘z ishimizni qilamiz. Jamoamizdan, muxlislardan aynan shu talab qilinadi. Maydonni tark etayotib, sen qoniqish hissini tuyushing kerak. Biz yaratgan tarix barchasidan dalolat bermoqda.

Biz o‘tmish bilan yashamoqchi emasmiz, lekin Madrid va bizning ruhiyatimiz oxirigacha kurashishga majbur qiladi. Hatto hech qanday umid qolmagandek ko‘ringan vaziyatda ham, biz final hushtagi yangraguncha kurashishda davom etamiz. Umid qilaman, ertaga Lissabonda bo‘lgan o‘yindagidek qiyin bo‘lmaydi. Shubhasiz, butun jamoa maksimal motivasiyaga ega», – dedi Ramos.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 03:50, 03.06.2017.
O'qildi: 7152 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.