Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Krishtianu Ronaldu: «Muvaffaqiyat barchamizniki» (intervyu)

Krishtianu Ronaldu: «Muvaffaqiyat barchamizniki» (intervyu)

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi besh yillik tanaffusdan so‘ng Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. So‘nggi uchrashuvini Malagadagi «La Rosaleda» stadionida o‘tkazgan «qirollik klubi»ning ishonchli g‘alabasi yodingizda bo‘lsa kerak?

Chempionlik o‘yinidan so‘ng jurnalistlar jamoa yetakchisi Krishtianu Ronalduning fikrlari bilan qiziqdi.

Jismoniy holati haqida

- O‘zimni juda yaxshi his qilyapman va kuchga to‘lganman. Bu yil so‘ng­gi turlarga yuqori formada yetib keldim. Oldinlari bunday bo‘lmasdi. Shu bois ham hozirgi holatimdan xursandman.

La liga haqida

- La liga - og‘ir turnir. So‘nggi turda g‘alaba qozonish - katta baxt. Chempionat davomida eng yaxshi jamoa bo‘ldik. Ayni payt bu lahzalardan rohatlanyapmiz.

Bosh murabbiyning uslubi haqida

- Zidan ajoyib ishni amalga oshirdi. U jamoani aql bilan boshqardi, barcha o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi. Bu esa bizga qo‘l keldi. qaysi futbolchi maydonga tushmasin, yaxshi o‘yin namoyish qildi. Hammamiz baxt­limiz. Buning sababchisi esa Zidandir.

Rotasiyaga tushishi haqida

- Jamoamizdagi har qaysi futbolchidan ko‘ra ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldim. Zidan tufayli joriy mavsum yetti-sakkizta o‘yin kam o‘tkazdim. Bu esa menga yordam berdi, o‘z o‘rnida gollarim bilan jamoaga yordam berdim. Lekin La Ligadagi g‘alaba - bu butun bir jamoaning muvaffaqiyati. Biz hamjihatlikda, murabbiylar shtabining sa’y-harakati tufayli zafar quchdik. Bir so‘z bilan aytganda, La ligadagi muvaffaqiyat - barchamizniki.

Mavsumning final qismiga tayyorgarlik haqida

- Bunga maxsus tayyorlandim. Albatta, ko‘proq maydonga tushishni istayman. Lekin biroz tin olish aqlli qaror bo‘ldi. Mazkur masalada Zidan bilan ham, fizioterapevtlar bilan ham gaplashdim. Ayni paytga kelib bu qaror o‘z kuchini ko‘rsatdi. Avvalgi yillardagi holatimni bu yilgisiga solishtirib ko‘rdim. Albatta, katta farqni sezyapman. Sovrinlar uchun kurashishimiz oydek ravshan edi. Shunga o‘zimni tayyorlab keldim.

Mavsum haqida

- Bu mavsum jamoa va shaxsan men uchun ajoyib o‘tdi. Tarixiy voqea bo‘lishiga oz qoldi. Har holda shunga tayyorlanyapmiz.

Zayniddin Zidan haqida

- U men birga ishlagan murabbiylar orasida eng yaxshisimi yoki yo‘qmi buni aniq ayta olmayman. Chunki taqqoslashni yomon ko‘raman. Lekin Zidan shubhasiz, ajoyib ishni amalga oshirdi, futbolchilar va murabbiylar shtabi bilan til topisha bildi. Undan ko‘p narsa o‘rgandim. Oldinlari futbolchi Zidanga havas qilardim, endi esa murabbiy Zidanga.

«Dubl»siz kechgan 59 yil haqida

- Joriy mavsum yakunida noxush an’anaga chek qo‘yish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz. Kardiffda qiyin final bo‘lishi aniq. Lekin hozir quvonish vaqti. Axir oxirgi besh yilda ilk bor milliy chempionatda zafar quchdik. Buni nishonlash kerak.

Tanqidlar haqida

- Meni yaxshi bilmay turib, muhokama qilishlari jahlimni chiqaradi. Shu bois ham televizor ko‘rmayman, matbuotni kuzatmayman. Aks holda, erkin hayot kechira olmasdim. Turli uydirmalarni tarqatayotganlar aslida vaziyat qandayligini bilishmaydi. Lekin men haqimda xuddi jinoyatchidek gapirishadi. Futboldagi tanqidlar bezovta qilmaydi. Chunki ular natijalarimga qarab baho berishadi. Biroq hayotda nima qilishimdan qat’iy nazar, tanqid yog‘dirishaveradi. Albatta, farishta emasman, o‘zimni yomonman ham deyolmayman. Oilam, onam, o‘g‘lim bor. Shu bois, menga nisbatan bunday salbiy munosabatda bo‘lishlari yoqmaydi. Aslida, umuman ahmoqlik qilmayman.

Beshinchi oltin to‘p haqida

- Bu haqda o‘ylamayman. Barcha individual sovrinlar jamoadoshlar yordamida yutiladi. Klubdoshlarim ajoyib mavsumni o‘tkazishdi. Barcha o‘z ulushini qo‘shdi. Shu bois ham La ligadagi g‘alaba - barchamizniki.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:46, 03.06.2017.
O'qildi: 6166 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.