Kirish Ro'yxatdan o'tish

Anchelotti Braziliyaning JCH-2026 birinchi o‘yini uchun tarkibini tanlab bo‘ldi

Anchelotti Braziliyaning JCH-2026 birinchi o‘yini uchun tarkibini tanlab bo‘ldi

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi ustozi Karlo Anchelotti Jahon chempionati – 2026 doirasidagi Marokash milliy terma jamoasiga qarshi ilk bahs uchun boshlang‘ich tarkibni aniqlab bo‘lganini ma’lum qildi.

«Marokash bilan uchrashuvda kimlar maydonga tushishini allaqachon bilaman. Bu masalada menda aniq tushuncha bor. Misrga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida juda yaxshi harakat qildik. Menga Rafinya va Vinisiusning bog‘lami juda ma’qul keldi. Ikkalasi ham o‘zini a’lo darajada ko‘rsata oldi», — deya italiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirmoqda Globo.

Braziliya va Marokash o‘rtasidagi uchrashuv 14 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, mundialning guruh bosqichida Anchelotti shogirdlari Gaiti va Shotlandiya terma jamoalari bilan kuch sinashishadi. Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 13:33, 07.06.2026.
O'qildi: 482 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик