«Real» klubining sobiq hujumchisi Predrag Miyatovich «Yuventus» himoyachisi Dani Alvesning gaplariga izoh berdi.
Futbolchi «Real»ning 1998 yil YECHL finalida, «Yuventus»ga (1:0) qarshi o‘yindagi g‘alabasi haqida gapirib, Miyatovich golni fosayddan urganini aytgandi.
«Meni Alves va «Yuve» fanatlarining fikri qiziqtirmaydi. Italiyaliklar golni ofsayddan urilganini bahona qilmoqda. Ammo gap bunda emas edi.
Alves – yaxshi futbolchi, futbolni yaxshi o‘ynaydi. U «Sevilya», «Barselona» va «Yuventus»da o‘zini namoyon qila oldi. Biroq aql bilan gapirmaydi», – dedi Miyatovich Cadena SER efirida.