Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

Florentino Peres: «Zidanning uslubiga hech qachon ishonmagandim»

Florentino Peres: «Zidanning uslubiga hech qachon ishonmagandim»

Baho:
+3 | -

"Real" prezidenti Florentino Peres jamoa bosh murabbiyi Zayniddin Zidanning ish uslubiga hech qachon ishonch bildirmaganini tan oldi.

"Men hech qachon rotasiya siyosatiga ishonmasdim. Agar futbol tarixiga nazar tashlasak, rotasiya hech qachon yaxshi natijalar keltirmagan. Endi esa jim bo‘lishga majburman. Zidan meni hayron qoldirdi.

Zayniddinni futbolchi sifatida xarid qilganimda, u "Real"ni o‘zgartirgandi, endi esa murabbiy sifatida shunday ishga qo‘l urdi. U jahonning eng yaxshi futbolchisi edi, endi — eng yaxshi murabbiy. Zidan jamoada umrining oxirigacha qolishi mumkin. Bunday qisqa vaqt ichida, u biz bilan 17 oydan beri birga, shuncha ko‘p sovrinni qo‘lga kiritish — shunchaki aql bovar qilmaydi.

Finalda bizga oson bo‘lmadi, ayniqsa, birinchi bo‘limda. Ammo ikkinchi bo‘lim men ko‘rgan o‘yinlarimizning eng yaxshisi bo‘ldi", – dedi Florentino Peres.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 19:47, 04.06.2017.
O'qildi: 11724 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик