Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

O‘zbekiston sportchilari suzish bo‘yicha “Tiro a volo nuoto” turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etdi

O‘zbekiston sportchilari suzish bo‘yicha “Tiro a volo nuoto” turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etdi

Baho:
+ | -

2017 yilning 1-4 iyun kunlari Italiya poytaxti Rim shahrida suzish bo‘yicha “Tiro a volo nuoto” an’anaviy xalqaro turniri o‘tkazildi. Uchinchi bor tashkil etilgan mazkur musobaqada Yevropaning qator davlati vakillari kabi mamlakatimiz sportchilari ham sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordilar. E’tiborlisi, mazkur xalqaro turnirda Vatanimiz sharafini himoya qilgan 4 nafar sportchimizdan uchtasi sovrinli o‘rinlarni band etishdi.

Jumladan, terma jamoamiz yetakchilaridan biri Hurshidjon Tursunov 100 metr masofaga erkin usulda suzish bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada 00:49.54 minut natija bilan oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, 200 metr masofaga erkin usulda suzish bahslarida ham marraga 1:50.55 minut yetib kelib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Quvonarlisi, Hurshidjon har ikki yo‘nalishda ham “Tiro a volo nuoto” xalqaro turnirining rekordini yangiladi.

Yaqindagina Jizzax shahrida bo‘lib o‘tgan “Barkamol avlod-2017” sport musobaqasida birinchi o‘rinni egallagan Artyom Kozlyuk ham “Tiro a volo nuoto” xalqaro turnirining rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi. 200 metr masofaga batterflyay usulida suzish bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada 2:01.07 minut natija qayd etgan Artyom oltin medalni qo‘lga kiritish bilan birga, xalqaro turnirning rekordini ham yangiladi. Bundan tashqari tajribali sportchimiz 50 metr masofaga batterflyay usulida suzish musobaqasida 00:24.45 minut natija bilan birinchi, 100 metr masofaga batterflyay usulida suzishda esa 00:54.04 minut ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.

“Barkamol avlod-2017” sport o‘yinlarida bir necha yo‘nalishda g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilgan Aleksey Tarasenko Rim shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirda ham munosib ishtirok etib, terma jamoamiz hisobiga bir yo‘la uchta kumush medalni keltirdi. Xususan, erkin usulda suzish bo‘yicha 50, 100 va 200 metr masofalarga o‘tkazilgan musobaqalarda mos ravishda 00:23.08 minut, 00:50.38 minut va 1:51.03 minut natijalarni qayd etgan Aleksey Tarasenko uch bor shohsupaga ko‘tarildi. Shunday qilib, “Tiro a volo nuoto” xalqaro turnirida ishtirok etgan yurtdoshlarimiz 4 ta oltin va 4 ta kumush medallarga sazovor bo‘ldilar.

“Rim shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnir sportchilarimiz uchun joriy yilning 14-23 iyul kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o‘tkaziladigan jahon chempionati oldidan o‘ziga xos tayyorgarlik bosqichi vazifasini ham o‘tadi, - deydi O‘zbekiston suzish federasiyasi bosh kotibi Alisher G‘aniyev. Jahon chempionatiga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini sportchilarimiz mamlakatimizda o‘tkazishadi.

Sportchilarimizga suzish sport turining eng yirik musobaqalaridan biri hisoblangan jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko‘rishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Umid qilamizki, Vengriyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ham sportchilarimiz o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlashadi”. Biz ham o‘z navbatida sportchilarimizga bo‘lajak yirik musobaqada omad va zafarlar tilab qolamiz. Ma’lumot uchun. Jahon chempionatida Vatanimiz sharafini Hurshidjon Tursunov, Aleksey Tarasenko, Artyom Kozlyuk va Daniil Bukin himoya qiladilar.

 

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 13:34, 05.06.2017.
O'qildi: 4082 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.