Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Azarning jarohati “CHelsi”ga qanday ta’sir qiladi?

Azarning jarohati “CHelsi”ga qanday ta’sir qiladi?

Baho:
+ | -

“Chelsi”ning 26 yoshli yetakchisi Eden Azar Belgiya terma jamoasida jiddiy jarohat orttirib olishi klubdagi kelajagi va umuman klubga qanday ta’sir qiladi? Goal nashri bu haqda to‘xtalib o‘tdi.

Yakshanba oqshomida Chexiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini oldidan Belgiya termasi o‘z yetakchisidan uzoq muddatga ayrildi. Mashg‘ulotlar paytida Eden Azar to‘pig‘idan jiddiy jarohat olgan va kamida 3 oyni o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu esa nafaqat futbolchining o‘ziga, balki « Chelsi»ga ham ta’sir qilmasdan qolmaydi.

Kamida sentyabr oyi boshigacha katta maydonga qayta olmasligi bois, Azar « aristokratlar » bilan mavsumoldi tayyorgarlikni, shuningdek, « Community Shield » musobaqasi, Premer Liga va Chempionlar Ligasi debyutini o‘tkazib yuborishi ehtimoli bor. Jamoa ustozi Konte esa yakuniga yetgan mavsumda jamoa yetakchilaridan biri bo‘lgan fubolchisiz mavsumoldi tayyorgarlikni o‘tkazadi. Azar esa yangi mavsumga to‘liq tayyor holatda qaytishi uchun ko‘proq mehnat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Boshqa tarafdan Azarning ushbu jarohati uning « Real Madrid »ga ehtimoliy transferini keyinga qoldirishi aniq. Nima bo‘lganda ham, shaxsan Zidanning belgiyalik iqtidor egasini o‘z jamoasida ko‘rishni istashi voqealar rivojini o‘zgartirib yuborishi mumkin. 2015-yil noyabr oyida Sky Sports nashriga bergan intervyusida fransiyalik murabbiy buni ochiq so‘zlab bergan edi. Azarning 2012-yilda “Chelsi”ga kelib qo‘shilmasidan oldin aynan Zidan “Real” rahbariyatiga uni sotib olishni tavsiya qilgandi. Azar esa bu transfer haqidagi savollarga quyidagicha javob berdi: “Mening “Chelsi” bilan 2020-yilgacha amal qiladigan shartnomam bor va bu yerda qilishim kerak bo‘lgan ishlar ko‘p. Hozircha men shu yerda qolaman.”

“Chelsi” transfer bozorida faollashishi mumkin

The Independent nashriga ko‘ra “Chelsi”ning italiyalik murabbiyi yozgi transferlar bozorida 6 futbolchini qo‘shib olishni rejalashtirgan. Ushbu transferlarni amalga oshirish uchun klub rahbariyati 240 million yevroning bahridan voz kechishga tayyor. “Yuventus”ning sobiq ustozi jamoaga yarim himoyachi, markaziy himoyachi, sof hujumchi, o‘ng qanot himoyachisi olishni rejalashtirgan edi. Biroq, Azarning jiddiy jarohat olishi uning rejalarini o‘zgartirib yuborsa ajab emas.

Jamoa Villian, Pedro va Mozeslar bilan uzoqqa bora olishi noaniq. Shuning uchun “Chelsi” belgiyalik futbolchining o‘rnini bosa oladigan kuchli futbolchilarni jamoaga olib kelishi mumkin. Buning uchun Konte hurmat qiladigan Italiya A seriyasidan Balde Keyta, Bernardeski yoki Berardini olib kelishi mumkin. Ushbu futbolchilar Azarning yo‘qligini vaqtinchalik bildirmasliklari mumkin. Har qanday vaziyatda ham “Chelsi” o‘z yetakchisini bu mavsumda ham jamoada olib qolishi ehtimoli yuqori.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 11:45, 06.06.2017.
O'qildi: 5970 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.