Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Millatlar ligasi – UYEFAning yangi musobaqasi yaqinlashib kelmoqda

Millatlar ligasi – UYEFAning yangi musobaqasi yaqinlashib kelmoqda

Baho:
+1 | -

2018 yilgi Jahon chempionatdan keyin, sentyabr oyida boshlab UYEFA terma jamoalar o‘rtasida butunlay boshqacha – liga formatidagi musobaqa – Millatlar ligasiga start beradi.

Musobaqa formati aksariyat milliy chempionatlarni eslatib yuboradi: UYEFAga a’zo 55 mamlakat terma jamoasi 2018 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichidagi ishtiroki yakunlari bo‘yicha beriladigan koeffisiyentlar reytingiga qarab 4 ta, A-B-C-D divizionlariga bo‘linadi. Bu reyting 2017 yil 15 noyabrda e’lon qilinadi.

A divizionida reytingdagi dastlabki 12 o‘rinni egallagan terma jamoa qatnashsa, keyingi 12 terma jamoa B guruhidan o‘rin oladi. Keyingi o‘rinlardagi 15 terma jamoa C guruhida, qolgan 16 terma jamoa esa D guruhida ishtirok etadi. A va B divizionlari har birida 3 tadan jamoa bo‘lgan 4 ta guruhga bo‘linadi. C divizonida bitta 3 jamoali va 3 ta 4 jamoali guruh bo‘ladi, D divizionidagi 4 ta guruhda esa 4 tadan jamoa qatnashadi.

Hozircha qur’a jarayoni qanday bo‘lishi belgilanmagan. Musobaqaning birinchi soni yakunida yuqori divizionlardan pastkisiga tushish va pastki divizionda yuqoriga chiqish tartibi belgilanadi. Nations League umumiy turnir jadvali Yevropa qit’asidagi keyingi barcha saralash bosqichlarida guruhlarga taqsimlash uchun asos bo‘ladi.

Musobaqa hozir boshlanganida qanday ko‘rinishda bo‘lardi?

UYEFA terma jamoalarning so‘nggi reytingini 2016 yil 14 noyabrda e’lon qilgan edi (bu FIFA reytingidan farq qiladi). Unda o‘sha paytgacha bo‘lgan Jahon chempionatidagi saralash bosqichidagi o‘yinlar natijalari inobatga olingan. Shu reyting bo‘yicha musobaqa o‘tkazilganda divizionlar quyidagi ko‘rinishda bo‘lardi:

A divizioni (har biri 3 jamoadan bo‘lgan 4 guruhga bo‘linadi): Germaniya, Fransiya, Belgiya, Portugaliya, Shveysariya, Ispaniya, Angliya, Italiya, Xorvatiya, Polsha, Irlandiya, Ukraina;

B divizioni (har biri 3 jamoadan bo‘lgan 4 guruhga bo‘linadi): Niderlandiya, Rossiya, Islandiya, Vengriya, Uels, Bosniya va Gersegovina, Shvetsiya, Gretsiya, Slovakiya, Avstriya, Isroil, Sloveniya;

C divizioni (bir guruhda 3 jamoa, yana 3 guruhda 4 tadan jamoa): Shimoliy Irlandiya, Ruminiya, Chexiya, Turkiya, Albaniya, Daniya, Chernogoriya, Serbiya, Bolgariya, Shotlandiya, Norvegiya, Litva, Ozarboyjon, Kipr, Finlandiya;

D divizioni (har biri 4 jamoadan bo‘lgan 4 guruhga bo‘linadi): Estoniya, Belarus, Gruziya, Armaniston, Latviya, Farer orollari, Qozog‘iston, Moldaviya, Lyuksemburg, Makedoniya, Kosovo, Lixteynshteyn, Malta, Andorra, San-Marino, Gibraltar.

Divizionlarning yakuniy ko‘rinishi 2018 yilgi Jahon chempionatiga saralash bosqichi o‘yinlari yakunlangach, 2017 yil noyabr oyida e’lon qilinadigan reytingga asoslanadi. Shunday ekan, terma jamoalarning boshqa divizionlarga tushish imkoniyatlari hali ko‘p.

2020 yil mart oyida o‘tkaziladigan pley-off o‘yinlari orqali to‘rttala diviziondan bittadan jamoaga Yevro-2020da ishtirok etish imkoniyati kafolatlanadi. E’tiborlisi, hozirgi holatda D divizionidagi jamoalardan faqatgina Latviya qit’a birinchiligida (Evro-2004) qatnashgan.

Ta’kidlash joizki, Rossiya va Ukraina bir divizionda bo‘lsa, bir guruhda qatnashmaydi. Xuddi shu qoida Armaniston va Ozarbayjon uchun ham amal qiladi. Aniqrog‘i, agar UYEFA o‘z qarorlarini o‘zgartirmasa, shu qoidalar saqlanib qoladi.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 12:17, 08.06.2017.
O'qildi: 10979 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.