Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

«Surxon» va «Andijon» klublari jarimaga tortildi

«Surxon» va «Andijon» klublari jarimaga tortildi

Baho:
+ | -

Shu yilning 4 iyun kuni O‘zbekiston Birinchi ligasi 13-turida «Surxon» jamoasi Termizda «Andijon» klubini qabul qilib, 2:2 hisobida durang o‘ynagan edi. 

Uchrashuvning 90+4-daqiqasida har ikki jamoaning 4 nafardan futbolchisi, shuningdek, «Surxon» shifokori maydondan chetlatilgandi. 

PFL Reglamenti (Tartib-intizom kodeksi 5-modda, 2-bo‘lim, 5.40 bandi hamda 5-modda, 4-bo‘lim, 5.37 bandi)ni buzgani uchun «Surxon» va «Andijon» futbol klublari jarimaga tortildi.  

“Surxon” klubi yarim himoyachisi Timur Mamadaliyev (Tartib-intizom kodeksi 3-bo‘lim, 5.45 bandi va “i”, “p” bandlariga asosan) 9ta uchrashuvga chetlatildi va jarimaga tortildi.

“Surxon” himoyachisi Sanjar Shomurodov (Tartib-intizom qo‘mitasi 3-bo‘lim, 5.45 bandi va “e”, “i”, “k”, “o” hamda “p” bandlariga asosan) mavsum oxiriga qadar chetlatildi va jarimaga tortildi.

“Surxon” himoyachisi Najmiddin Normurodov 5ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi va jarimaga tortildi.

“Surxon” hujumchisi Akmal Abdurahmonov 2ta uchrashuvga chetlatildi va jarimaga tortildi.

“Surxon” klubi vrachi Fahriddin Abdusamatov agressiv hatti-harakatlari hamda “Andijon” PFK futbolchisiga jarohat yetkazgani uchun yegallab turgan lavozimidan chetlatildi va bundan buyon O‘FF hamda PFL tasarrufidagi musobaqalarda ishlash vakolatidan mahrum etildi.

“Andijon” yarim himoyachisi Ibrohim Otaxonov 4ta o‘yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.

“Andijon” yarim himoyachisi Farhod Bekmurodov 3ta uchrashuvga chetlatildi va jarimaga tortildi.

“Andijon” yarim himoyachisi Sanjar Asqaraliyev 4ta uchrashuvga chetlatildi va jarimaga tortildi.

“Andijon” himoyachisi Akbar Xo‘jayev 2ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi va jarimaga tortildi.

Agar mazkur holat yana takrorlansa,  «Surxon» va «Andijon klublariga nisbatan yanada qattiqqo‘l choralar qo‘llaniladi. Shuningdek, har ikki klubning rahbarlari va murabbiylar shtabi egallab turgan lavozimlari muvofqiligi ko‘rib chiqiladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 16:39, 08.06.2017.
O'qildi: 7074 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик