Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Sardor Rashidovga Yevropa jamoalari qiziqish bildirgandi

Sardor Rashidovga Yevropa jamoalari qiziqish bildirgandi

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston terma jamoasi va Qatarning «Al-Jaish» klubi yarimhimoyachisi Sardor Rashidov faoliyatini Gresiyada davom ettirishi mumkin bo‘lgandi. Bu haqda Tribuna.Uz‘ga vaziyatdan xabardor manbalar xabar bergan.

Manbaga ko‘ra, Sardor Rashidovni qo‘lga kiritish uchun Gresiyaning AYEK klubi da’vogar bo‘lgan. Klub Qatar jamoasining tugatilib, boshqa jamoaga qo‘shib yuborilishi natijasida klubsiz qolishi mumkin bo‘lgan o‘zbekistonlik futbolchini o‘z safida ko‘rishni istagandi. Hozircha grek klubining qiziqishi qanday statusda qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Sardor Rashidovga Italiyaning «Kyevo» klubi ham qiziqish bildirgani haqida xabar qilingandi. Biroq Qatar klubi so‘ragan pulni veronaliklar to‘lab bera olmasligini bildirib, xariddan voz kechgan.

Ma’lumot uchun, Qatarning «Al-Jaish» va «Laxviya» jamoalari birlashtirib yuborildi. Yangi klubga «Laxviya» bosh murabbiyi ustozlik qilishi hisobiga Rashidov jamoada qolish imkoniyati past baholanayotgandi.

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 08:24, 09.06.2017.
O'qildi: 23036 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик