Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

«Qo‘qon 1912» nazorat bahsida «Qizilqum» bilan durang o‘ynadi

«Qo‘qon 1912» nazorat bahsida «Qizilqum» bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Oliy ligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib, Chirchiq shahrida «Qo‘qon 1912» va «Qizilqum» nazorat o‘yinini o‘tkazdi.

Qo‘qonliklar tarkibida jarohat olgan Aleksandr Merzlyakov, shuningdek, terma jamoa ixtiyorida bo‘lib turgan Javohir Sidiqov va Murod Holmuhammedov bugungi bahsda ishtirok eta olmadi.

O‘yinni qo‘qonliklar faol tarzda boshlashdi. Natijada 2-daqiqadayoq Rayevas juda qulay imkoniyatdan foydlana olmadi. Rahimovning o‘ng qanotdan oshirgan to‘pini Rayevas yaqin masofadan darvozaga to‘g‘ri yo‘llashni uddalolmadi.
16-daqiqada Hamidov-Akramov-Rahimov-Akramov kombinasiyasi chiroyli chiqdi. So‘nggi zarba ham aniq bo‘ldi. Darvozabon o‘z o‘rnida.
21-daqiqada mehmonlar hisobni ochishdi. Gevorkyanning o‘ng qanotdan oshirgan pasini Otabek Zokirov darvozaga joylab qo‘ydi.
Gol o‘tkazib yuborgach, qo‘qonliklar katta kuch bilan hujumga tashlanishdi. 37-daqiqaga kelib bu o‘z samarasini berdi. Rayevas himoyachilarning xatosidan unumli foydalanib, Rahimovga qulay tarzda to‘pni uzatdi. «Kafu» esa zarbada adashmadi va hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi bo‘lim ham shiddatli tarzda boshlandi. 56-daqiqada Rayevasga nisbatan qo‘pollik ishlatgan Fayzulla Qambarovga hakam ikkinchi sariq va qizil kartochka ko‘rsatdi. O‘rtoqlik o‘yini bo‘lgani uchun qizil olgan futbolchi o‘rniga boshqasi maydonga tushdi.
71-daqiqada navoyiliklar darvozani ikkinchi marta ishg‘ol qilishdi. Fayzulla Qambarov o‘rniga maydonga tushgan Azamat Allaniyozov boshi bilan Aziz Ashurov qo‘riqlayotgan darvozani aniq nishonga oldi.
So‘nggi daqiqalar o‘tib borayotgan paytda qo‘qonliklar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Andrey Sidorov yaqin masofadan shunaqa kuchli zarba yo‘lladiki, go‘yo darvoza to‘ri yirtilib ketadigandek tuyuldi. Shu tariqa, futbolchilar nazorat uchrashuvida durang natija qayd etishdi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
“Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” – 2:2 (1:1)
Gollar: Ibrohim Rahimov (37), Andrey Sidorov (90) – Otabek Zokirov (21), Azamat Allaniyozov (71).
«Qo‘qon-1912»: 13. Nikita Ribkin, 4. Bahodir Akramov, 5. Jalil Kimsanov, 7. Jamshid Hasanov, 8. Sobir Hamidov, 19. Suhrob Berdiyev, 24. Ibrohim Rahimov, 26. Akmal Xolmurodov, 55. Darko Gojkovich, 85. Ruslan Melziddinov, 99. Filip Rayevas.
Zaxira: 12. Aziz Ashurov, 21. Muzaffar Abdullayev, 9. Nosir Otaqo‘ziyev, 17. Avazxon Mamatxo‘jayev, 25. Iqbol Malikjonov, 96. Muhammadanas Hasanov, 97. Oybek Rustamov.
“Qizilqum”: Artem Makosin, Shukurali Po‘latov, Fayzulla Qambarov, Sherali Jo‘rayev,
G‘ayrat Jumayev, Erkin Boydullayev, Ilhom Yunusov, Artur Gevorkyan, Jasur Hasanov, Otabek Zokirov, Vohid Shodiyev.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 20:02, 09.06.2017.
O'qildi: 3276 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.