Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Belotti, Morata va Lindelef "MYU"ga o‘tishga yaqin, Mourinyo ro‘yxatida yana Perishich va Fabinyo bor

Belotti, Morata va Lindelef "MYU"ga o‘tishga yaqin, Mourinyo ro‘yxatida yana Perishich va Fabinyo bor

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo yozgi transferlar chog‘ida beshta futbolchini jamoasiga qo‘shib olmoqchi.

Mutaxassisni avvalo hujum chizig‘i tashvishlantiryapti, Ibrohimovich jamoani tark etdi, Runi ham sotilishi mumkin. Yaqin ikki hafta ichida "Real" hujumchisi Alvaro Morata va "Torino" hujumchisi Andrea Belotti manchesterliklar safiga o‘tishlari mumkin.

"MYU" Moratani 60 mln funtga sotib olmoqchi, Belottini esa - 70 mln funtga. Klublar katta narx so‘ramoqdalar, ammo futbolchilarning xohishi katta rol o‘ynashi mumkin.

Shuningdek, "MYU" nigohida "Benfika" himoyachisi Viktor Lindelyof bor. Ushbu transfer 13 iyun kuni Shvesiya va Norvegiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng amalga oshishi mumkin.

"MYU"ga "Inter"dan yarimhimoyachi Ivan Perishich qo‘shilishi kutilmoqda. Milanliklar futbolchi uchun 50 mln funt so‘ramoqda, angliyaliklar bundan 15 mln funt kamroq taklif qilmoqdalar.

Mourinyo ro‘yxatidagi oxirgi o‘yinchi "Monako" yarimhimoyachisi Fabiyo bo‘lib turibdi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 00:18, 10.06.2017.
O'qildi: 8364 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик