Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Bitta-bitta morojniy yeb qaytib kelishsa ham rozi edik»

«Bitta-bitta morojniy yeb qaytib kelishsa ham rozi edik»

Baho:
+ | -

Marxum Xojiboy Tojiboyev futbol haqida juda ko‘p gapirardilar.  U kishining futbolga bag‘ishlangan ayrim hazillarni siz muxlislarga xavola qilamiz. 

***

Biz ham rozi edik:  terma jamoamizni tantanali ravishda kuzatsak,  ular Germaniyaga qo‘nishsa. . .  O‘yin o‘ynamasa ham mayliydi. . .  O‘sha yerda bitta-bitta morojniy yeb qaytib kelishsa ham rozi edik. . .  O‘zimizni ayeroportga ham chiqa olishmadiku.

***

Portugaliyada Yevropa chempionati bo‘ldi.  Buyoqda Gresiyada Olimpiada o‘yinlari bo‘ldi.  Qolaversa ko‘rgan bo‘lsanglar Xitoyda Osiyo chempionati bo‘ldi.  Bizni yigitlarimiz zo‘r o‘ynashdi.  O‘yinning yarmidan qaytib kelishdi.

***

Ko‘rgan bo‘lsanglar Zidanni hech qanaqa aybi yo‘q edi.  Maydonni bir chetida mana bunday ketyotuvdi.  Orqada italiyalik futbolchi kelayotgandi.  Shu bir narsa-bir narsa deb qo‘ydida.  U eshitib qoldi.  Biz eshitmadik.  «Nima?»,  dedi.  «Bir narsa dedingmi?»,  dedi.  Ko‘kragiga lazerni to‘g‘rilab «jirq» etib kalla qo‘ygan edi italiyalik futbolchi chala so‘yilgan xo‘rozday pitirladi-qoldi.

Ertasi kuni italiyani chempion bo‘gani hammani esidan chiqib ketib,  u yoqqa qarasang ham Zidan kalla qo‘yyatgan bo‘ladi bu kanalga osang ham kalla qo‘yyatgan bo‘ladi.  Haqiqatdan ham Zidan o‘zbekligini isbotladi,  ahir u Zayniddinda,  o‘zbekda. 

***

Yaqinda Rossiyadan zo‘r trener olib kelishibdi.  Zo‘r emishu,  manga cho‘ta uni familiyasi yoqmiyapti.  Padazritelniy familiya.  Familiyani qarang:  Nepomnyashiymish.  Hech narsani eslolmasmishda.  «A siz Afrikadan Kamerun degan jamoani topib olib,  Jahon Chempionatiga olib chiqqansiz.  Butun dunyo Kamerunga baleet qilgan Biz ham shunday.  O‘sha sizsiz.  Eto je vi?» deyishsa,  «Eto razve ya bil?» dermish.  «Da,  eto je vi»,  deyishsa «Chota ne pomnyu,  rebyata», dermish.  Endi O‘zbekistonga kelib nimani eslaydi,  hayronman.

***

Bizni futbolchilarimiz goldan keyingi vaziyatlarni zo‘r o‘xshtishadida.  Rivaldoga o‘xshab manavunaqalardan qip qoladimiyey.  Yoki Zidanga o‘xshab o‘zini chimni ustiga otib yuboradimiyey.  Bunaqalarni zo‘r o‘xshatishadi.  O‘tgan yili «Paxtakor» bilan «Neftchi»ni o‘yinini ko‘rdim.  «Paxtakor»dan bittasi gol urib,  yugurib qochib qoldi.  Orqasidan o‘ntasi quvib ketdi.  Yetolmadi lekin.  Paxtakor stadionini aylanib chiqdi.  Qo‘llarini yon tarafga yozdi,  ucholmadi lekin.  Shunda birdan esiga tushib qoldiku.  Zo‘r futbolchilar gol ursa xursandligidan formasini yechib yalang‘och bo‘lvoladiku.  Uyam yechib futbolkasini tomoshabinlarga otmoqchi edi.  Stadion bo‘m-bo‘sh.  Birontayam tomoshabin yo‘q.  Bo‘m-bo‘sh.  Bir qator soldatlar o‘tirishibdi. 

«Xoy,  uka,  sani formang bizga kerakmas.  O‘zimizni formamiz bor.  Tez formangni kiyib tezroq o‘yna.  Iloji bo‘lsa tezoq tugat o‘yiningni.  Bugun ish bor»,  deb qo‘yadi.  Qanaqa qilib tez tugatsin,  45 minut o‘ynashi kerakku.

***

Bizni futbolchilarimizda oshirish degan narsa yo‘q.  O‘zim bo‘lsam deydida.  Ko‘rding,  gol bo‘lmadi.  Nimaga qarab turibsan? Yana qaytadan borib olib kelib tepmaysanmi,  gol bo‘lmaydimi? Sudyalar bilan tortishib qoladimiyey bizni bolalar.  «Ko‘zingni o‘yib olaman.  Nima deyapsan? Mani taniyapsanmi? Futboldan keyin gaplashib qo‘yaman san bilan».  Masalan,  sudya qo‘rqqanidan sariq kartochka ko‘rsatishga haqqi bor-da.  Sudya sarqini ko‘rsatsa,  futbolchilarimiz unga qizil kartochka ko‘rsatib yuboryapti.  Qarang,  sudyalar chiqib ketyapti.

***

Nega biznikilar ham stadionlarni to‘ldirib,  tutatib o‘tirishmadi? Chunki bizni fanatlarimiz bir oy oldin biladi qaysi komanda o‘ynaydiyu,  hisob nechchi bo‘lishini.  Fol ochadida.

   -E,  nima qilasan borib? Baribir 2:1 bo‘ladi, - deydi.

   -Qayoqdan bilasan?-desa,

   -Eshitdik-da, deydi. 

   Qarang,  rostan ham 2: 1 bo‘ladiyey. . .

***

   Bittasi ikkinchisiga:

   -Og‘ayni shu Kasparov bilan Karpov o‘ynarkan.  Kim yutarkan-a?-desa,  unisi:

   -Bilmadim,  men futbolga qiziqmaymnan,  degan ekan.

   Futbol bilan shaxmatni farqiga bormasdik.

***

Davomi>>

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:05, 12.06.2017.
O'qildi: 7532 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.