Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl

Lindelyof – «MYU» uchun ideal transfermi?

Lindelyof – «MYU» uchun ideal transfermi?

Baho:
+ | -

“Hujum sizga o‘yinni yutishga yordam beradi, himoya esa sizni sovrinlar sari yetaklaydi”, degan edi “qizil iblislar”ning afsonaviy murabbiyi Ser Aleks Fergyuson. SAF bu bilan Stiv Bryus – Gari Pallister, Yaap Stam – Ronni Jonson va Rio Ferdinand – Nemanya Vidich kabi himoya juftliklarini nazarda tutgan edi.

Fergyuson kabi, Mourinyoning ham asosiy tashvishi himoya chizig‘i bo‘lib qolmoqda. Shu maqsadda “Benfika”ning shvetsiyalik himoyachisi Lindelyof olib kelinmoqda.

Keyingi mavsumdan Erik Bayi bilan birga “Manchester Yunayted” himoyasini qo‘riqlashi kutilayotgan Lindelyof asosiy tarkibdan muqim joy egallashi uchun unda barcha sifatlar yetarli. Uning jamoadoshi Bayi Premer Ligada 25 uchrashuvda ishtirok etganiga qaramay Kris Smolling bilan 2015 yilgi yuqori formasini namoyish eta olmadi.

Markos Roxo o‘tgan yilgi mavsumdagiga qaraganda ancha ishonchliroq o‘ynadi, biroq aprelda jiddiy jarohat olishi uni yana maydondan tashqarida qolib ketishini ta’minladi. Fil Jons ham tez-tez jarohat olishi bilan yodda qoldi. Aksel Tuanzebe va Deyli Blindlar esa Mourinyoning rejalariga kirmay qo‘ygan.

Lindelyof bilan jamoa ideal himoyachini qo‘lga kiritdi. Himoyachi albatta xatolardan holi emas biroq, Bayi bilan himoya chizig‘ida ajoyib juftlikni hosil qilishi mumkin. Ikkalasi ham yangi mavsum boshida 23 yoshni qarshilaydi va “O‘zgacha”ning ishonchiga aylana olishlari mumkin.

Kuchli himoya chizig‘ini hosil qilingach, klubning yarim himoya chizig‘i ham himoyaviy vazifalaridan ozod etilib hujumkorlikni kuchaytirishlari mumkin. Albatta, yagona transfer bilan klub Yevropaning yetakchi jamoasiga aylanib qolmaydi. Biroq, bu olg‘a tashlangan muhim qadam bo‘ldi.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 23:01, 12.06.2017.
O'qildi: 7249 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.