Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Eronni JCH-2018ga olib chiqdik!

Eronni JCH-2018ga olib chiqdik!

Baho:
+6 | -

Ha, Tehrondagi "Ozodiy" stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda bundan ortiq karomat ko‘rsatmadik. Maydonda Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni istagan bitta jamoa o‘ynadi. O‘zbekiston terma jamoasi esa hech narsa qila olmadi.

Eron ham ko‘p narsani qoyillatmadi, ammo Samvel Babayan bahsni har tomonlama boy berdi. Bizda na o‘yin shakllangandi, na aniq reja bor edi. Na tayinli hujum tashkil qila oldik, na aniq bir zarba bera oldik.

Babayanning eng sevimli futbolchisi Stanislav Andreev 2-daqiqadayoq jiddiy jarohat olib maydonni tark etdi. Murabbiyimiz esa chapga ixtisoslashmagan Shorahmedov qarama-qarshi qanotga o‘tkazib, Hoshimovni o‘ng qanotga tushirdi. Akmal esa chap qanotda o‘ynay olmadi.

Hujumda hech narsani qoyillata olmaganimiz yetmaganidek, himoyani ham mustahkam ushlay olmadik. Bahsning 22-daqiqasida futbolchilarimiz maydon markazida qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishdi. Natijada Azmun darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketib, darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘lim boshida laynsmening ishorasi bilan referi darvozamiz tomon shubhali penalti belgiladi. Mas’ud Shojaiy esa uni golga aylantirishni istamadi shekilli, to‘pni yuqoriga tepib yubordi.

O‘yin tugashiga 2 daqiqa qolganida Mehdi Tarimiy chap qanotdan jarima maydonchamizga kirib, Anzurni aldab o‘tdi va to‘pni darvozaga joyladi.

Shu tariqa, Eron terma jamoasi o‘z ochkolarini 20taga yetkazdi va muddatidan avval Rossiya-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

JCH-2018. "A" guruhi, 8-tur. 21:45
ERON - O‘ZBEKISTON 2:0 (1:0)
Gollar: Sardor Azmun (22), Mehdi Tarimiy (88):
Noaniq penalti: Mas’ud Shojaiy (50)
Ogohlantirishlar: Sardor Azmun (75) — Vadim Afonin (28), Davron Hoshimov (90+3)
Eron: 1.Ali Beyranvand, 2.Milod Muhammadiy, 4.Jalol Hussayniy, 6.Sayid Izzatullohiy, 7.Mas’ud Shojaiy (Ashkan Dejaga 70),  8.Murtazo Puraliganjiy, 14.Ali Karimiy, 17.Mehdi Tarimiy, 18.Alirizo Jahonbaxsh (Amir Vohidiy 46), 20.Sardor Azmun, 23.Ramin Rizoiyyan
O‘zbekiston: 21.Aleksandr Lobanov, 2.Egor Krimes, 5.Anzur Ismailov, 7.Aziz Haydarov, 9.Odil Ahmedov, 11.Igor Sergeev,  14.Temurxo‘ja Abduxoliqov (Jaloliddin Masharipov 65),  16.Stanislav Andreev (Davron Hoshimov 3), 17.Vadim Afonin (Sardor Rashidov 53), 20.Akmal Shorahmedov, 23.Eldor Shomurodov
Bosh hakam: Ahmad Al-Kaf (Ummon)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:48, 12.06.2017.
O'qildi: 16838 marta.
Fikrlar: 76 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.