Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

O‘zbekiston milliy termasi Eronga qarshi ikki uchrashuvda darvoza tomon nechta aniq zarba berdi? Javob — bitta suratda

O‘zbekiston milliy termasi Eronga qarshi ikki uchrashuvda darvoza tomon nechta aniq zarba berdi? Javob — bitta suratda

Baho:
+4 | -1

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH—2018 saralash bahslari doirasida Eronga qarshi ikki uchrashuv o‘tkazdi.

2016 yil 6 oktyabr kuni Toshkentda bo‘lgan birinchi o‘yinda Eron termasi 1:0 hisobida g‘alaba qozongan; 2017 yilning 12 iyunida Tehronda o‘tkazilgan ikkinchi o‘yinda esa eronliklar 2:0 hisobida zafar quchib, Rossiyada bo‘ladigan mundial yo‘llanmasini amalda qo‘lga kiritib bo‘ldi.

Mazkur ikki o‘yin — 180 daqiqa davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari raqib darvozasi tomon biror marta aniq zarba bermadi. Terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayanning fikricha, jamoaning hozirgi tarkibi — mamlakat tarixidagi eng kuchlisidir. Shunchaki ma’lumot uchun — JCH—2014 saralashida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eronni Tehronda 1:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:17, 13.06.2017.
O'qildi: 22333 marta.
Fikrlar: 66 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик