Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

O‘zbekiston armrestling bo‘yicha Osiyo chempionatida 48 medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston armrestling bo‘yicha Osiyo chempionatida 48 medalni qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Qirg‘izistonda armrestling bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston vakillari 18 ta oltin, 13 ta kumush va 17 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston terma jamoasi 16−18 yosh, 19−21 yosh va imkoniyati cheklangan erkaklar va ayollar o‘rtasida armrestling bo‘yicha Osiyo chempionatida 48 ta medalni qo‘lga kiritdi. 5−12 iyun kunlari Bosterida (Qirg‘iziston) bo‘lib o‘tgan musobaqada 16 davlatdan 500 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.

O‘zbekiston jamoalari vakillari 18 ta oltin, 13 ta kumush va 17 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumiy hisobda uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Imkoniyati cheklangan sportchilar o‘rtasida Kamola Abdurahmonova (65 kg gacha), Nargiza Azimova (+65 kg), To‘lqinjon Yuldashev (55 kg gacha), Sardor Xudoyberdiyev (60 kg gacha) terma jamoa g‘aznasiga ikkitadan oltin olib keldi.

16−18 yosh toifasida Nazokat Soliyeva (55 kg gacha) ikki karra shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi, Iroda Qodirova (45 kg gacha), Muxlisa Tursunboyeva (50 kg gacha), Bekzod Olimov (75 kg gacha) va Shamshod Ergashev (+80 kg) oltin medal sohiblariga aylandi.

19−21 yoshdagi sportchilar o‘rtasida Doniyor Ulashev (75 kg gacha), shuningdek kattalar o‘rtasida Muhammad Sultonov (75 kg gacha) va Sulton Nematullayev (80 kg gacha, ikkita «oltin») ham Osiyo chempioni nomiga sazovor bo‘ldi.

Manba: gazeta.uz
Kiritildi: 19:00, 14.06.2017.
O'qildi: 4189 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик