Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Vadim Abramov: "Qo‘l ostimdagi tarkib bilan imkon darajasida natija ko‘rsatishga harakat qilaman"

Vadim Abramov: "Qo‘l ostimdagi tarkib bilan imkon darajasida natija ko‘rsatishga harakat qilaman"

Baho:
+ | -

Oliy liganing 13-turida Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi o‘z maydonida Samarqandning "Dinamo" klubini qabul qildi.

Bellashuvda samarqandliklar 2:3 natijasida g‘alabaga erishishdi. O‘yindan so‘ng "Neftchi" bosh murabbiyi Vadim Abramov bahs borasida qo‘yidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

- Bugun so‘nggi chiziqda faqat bitta himoyachi bilan o‘ynadik. Xozirgi paytga kelib mudofada o‘ynaydigan futbolchilar yetishmovchiligiga duch kelyapmiz. Oddiy vaziyatlarda 2 ta gol o‘tkazib yuborildi. Bu esa maqsadimizni yanada qiyinlashtirdi. Gollardan so‘ng o‘yinni nazorat qilib, raqibga bosim uyushtirishga urindik. Biroq ikkinchi taymdagi uchinchi to‘p vaziyatni yanada og‘irlashtirdi. Men jamoaga kelishim bilan hammasini birdaniga o‘zgartira olmayman. Xozir qo‘l ostimdagi tarkib bilan imkon darajasida natija ko‘rsatishga harakat qilaman.

Albatta ayni paytda "Neftchi"ning turnir jadvalidagi o‘rni yigitlarga qo‘shimcha bosim yuklab turibdi. Hozir bizga g‘alaba xar qachongidan ham ko‘proq kerak. Fikrimcha, yigitlar men qo‘ygan vazifalarni oxirigacha yaxshi anglamagan ko‘rinadi. O‘yinimizda tartibsiz harakatlar ko‘p. Buni izga solib olish uchun vaqt kerak. Hujum chizig‘i borasida ishlayapmiz. Bugun raqib darvozasiga 2 ta gol urdik. Bu yaxshi holat. Xatto ushbu gollar bizning g‘alabamiz uchun yetarli bo‘lar edi. Biroq "Dinamo"ning gollari barcha rejani barbod qildi.

O‘z ishimni endi boshladim. Jamoadagi kamchiliklar sekin-asta o‘zini ko‘rsatyapti. Bizga mahoratli ijrochilar kerak. Davra oxirigacha kim aslida kim ekanligini bilib olsa bo‘ladi. Birinchi davradan so‘ng jamoa uchun kerakli bo‘lgan futbolchilarni olib qolamiz. Mening o‘z taktikalarim bor. Ularni yashil maydonda namoyish etib berish uchun yuqori saviyali futbolchilar kerak bo‘ladi.

Legionerlarni mashg‘ulotlarda ko‘rishim bilan bir qarorga keldim. Ularning saviyasi bizning chempionatda legioner maqomida o‘ynash uchun yetarli emas. Shu sabab bugun ularni maydonga tushirmadim, - dedi Abramov

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 23:30, 14.06.2017.
O'qildi: 5840 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.