Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Maksimilian Fomin: "Ummon chempionatida o‘ynaganimdan afsuslanmayman"

Maksimilian Fomin: "Ummon chempionatida o‘ynaganimdan afsuslanmayman"

Baho:
+ | -

O‘tgan mavsumni «Buxoro» jamoasi safida o‘tkazgan tajribali himoyachi Maksimilian Fomin bu yil legioner sifatida Ummon chempionatida o‘ynadi. U mamlakatning uzoq tarixga ega klublaridan biri «Saham» sharafini himoya qildi. Uning jamoasi 34 ochko bilan yakunda 9-o‘rinni egalladi. Fomin chempionat yakunlanganidan so‘ng O‘zbekistonga qaytdi. Tabiiyki, uning shartnomasi yakunlanib, erkin agentga aylangandi. Biz Maksimilian bilan uchrashib, undan intervyu oldik.

- Maksimilan, umuman, Ummon klubiga o‘tishingiz qanday amalga oshgandi?

- 2016 yilning yanvar oyida o‘sha paytdagi jamoam «Buxoro» bilan Dubayda yig‘in o‘tkazayotgandik. O‘shanda Ummon klublaridan birida ishlaydigan menejer bilan tanishib, do‘stlashib oldik. U yig‘in doirasida tashkil etilgan ikkita o‘rtoqlik uchrashuviga kelib, o‘yinimni tomosha qilgach, Ummon chempionatida o‘zimni sinab ko‘rishimni taklif etdi. Ammo o‘sha payt «Buxoro» sharafini himoya qilardim. Jamoa bilan amalda shartnomam bor edi. Klubda o‘ziga yarasha obro‘-e’tibor va hurmatga ega edim. Jamoani shunchaki tashlab keta olmasdim. Shularni inobatga olib, bildirilgan taklifga rad javobini berdim. Lekin taqdir ekan, oradan bir yil o‘tib, baribir, Ummon klubi bilan shartnoma imzoladim.

- Taklif nimasi bilan qiziqarli bo‘ldi?

- To‘g‘risini aytsam, moliyaviy jihatlarni birinchi o‘ringa qo‘ymadim. Birinchi navbatda, o‘zimni xorijda sinab ko‘rishga ahd qilgandim. To‘g‘ri, Ummon chempionati bizning oliy ligamizdan kuchli emas. Lekin inson hamisha yangilikka intilib yashaydi. Shunchaki, vaziyatni o‘zgartirib ko‘rishga qaror qilgandim. Hozir o‘sha paytdagi qarorimdan hecham afsuslanmayman.

- Yangi chempionat va muhitga moslashish jarayoni qiyin kechmadimi?

- Boshqalarda qanday bilmadimu, lekin menda moslashish masalasida hech qanday muammo yuzaga kelmadi. Qisqa fursatda yangi chempionatga moslashib, jamoadoshlarim bilan til topishib oldim.

- Klub sizga qanday sharoitlarni yaratib berdi?

- Yashash uchun alohida uy-joy hamda shaxsiy mashina berishdi.

- Ummon chempionati haqida biroz ma’lumot bersangiz...

- Yuqorida aytganimdek, bu mamlakat chempionati darajasi bizning oliy liga saviyasidan birmuncha past. Lekin juda katta tafovut ko‘zga tashlanmaydi. Ummon chempionatining ham o‘ziga yarasha ustun tomonlari bor.

- Mavsum avvalida «Saham» oldiga qanday vazifa qo‘yilgandi?

- Bilmadim, nega, lekin Ummonda chempionatdan ko‘ra mamlakat kubogi bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etish muhimroq hisoblanadi. Ushbu sovrinni qo‘lga kiritish jamoalar uchun juda katta sharaf ekan. Afsuski, jamoamiz kubok finaliga bir qadam qolganda yurishini to‘xtatdi.

- «Saham»ning OFK kubogidagi ishtiroki klub rahbariga ma’qul keldimi?

- Mazkur musobaqadagi o‘yinlarimiz ancha qiziqarli va tomoshabop bo‘ldi, deb bemalol ayta olaman. Ta’kidlash joiz, ba’zi o‘yinlarda omad bizdan ochiqchasiga yuz o‘girdi. Juda ko‘plab xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdik. Afsuski, hujumchilarimiz ularni golga aylantira olishmadi. «Saham» OFK kubogi yo‘llanmasiga Ummon kubogini qo‘lga kiritish orqali ega bo‘lgandi. Bejizga jamoalar kubokda zafar quchishga intilmaydi. Umuman olganda, jamoamizning OFK kubogidagi ishtirokini ijobiy baholash mumkin. Har holda 7 ochko jamg‘arib, yomon natija qayd etmadik. Boz ustiga, klub rahbariyati ushbu turnirda jamoa oldiga hech qanday vazifa qo‘ymagandi.

- Ummondagi faoliyatingiz haqida qanday fikrdasiz?

- Umuman, barchasidan ko‘nglim to‘ldi. Ushbu mamlakatda o‘tkazgan 4 oy mobaynida jami 20ta uchrashuvda maydonda to‘liq harakat qildim. Meni deyarli zaxiraga olishmadi. Chempionat, kubok va OFK kubogi doirasidagi o‘yinlarda jamoam muvaffaqiyatiga ulush qo‘shishga intildim. Ummon chempionatida to‘p surish orqali kattagina xalqaro tajriba to‘pladim.

- «Saham» bilan shartnomangiz yakunlandimi?

- Ha, kelishuv muddati tugadi va erkin agentga aylandim.

- Kelasi mavsum qaysi jamoada o‘ynamoqchisiz?

- Bu borada tayinli ma’lumot bera olmayman. Sababi, hali hech bir klubdan rasmiy taklif olganim yo‘q. Balki yana legioner sifatida xorij klublarida o‘ynarman. Tez orada mazkur masalaga oydinlik kiritamiz. Hozir ta’tildaman va Toshkentda oila a’zolarim davrasida hordiq chiqaryapman.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:17, 15.06.2017.
O'qildi: 4037 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.