Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

O‘zbekiston milliy termasi natijalaridan ranjigan futbol muxlislari Abdulaziz Komilovga shikoyat qildi

O‘zbekiston milliy termasi natijalaridan ranjigan futbol muxlislari Abdulaziz Komilovga shikoyat qildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 5 iyul kuni vatandoshlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazadi. TIV matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, vazirga hozirdanoq murojaatlar kelib tushmoqda.

Murojaatlarning asosiy qismini xorijga chiqish va xorijdan qaytish, xorijda bo‘lgan vaqtda yordam olish, shuningdek, O‘zbekistonning tashqi siyosiy faoliyati bilan bog‘liq masalalar tashkil etadi.

Ayni vaqtda, TIV matbuot xizmatining alohida qayd etishicha, «O‘zbekiston terma jamoasining so‘nggi xalqaro o‘yinlari natijalaridan ranjigan futbol muxlislari nomidan tushgan murojaat haqida ham vazir xabardor qilingan».

Tashqi ishlar vazirligidan ma’lum qilishlaricha, «barcha murojaatlar ro‘yxatga olinmoqda», murojaatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilgach, fuqarolarga rasmiy javoblar va tegishli izohlar beriladi.

Ma’lumot uchun, futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 12 iyun kuni JCH—2018 saralash bahslari doirasida Tehronda Eronga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mazkur uchrashuvdan so‘ng futbol jamoatchiligi milliy terma bosh murabbiyi Samvel Babayanning iste’fosini talab qilgan edi.

O‘zbekiston futbol federasiyasi 15 iyun kuni maxsus bayonot bilan chiqish qilib, Babayan boshliq murabbiylar shtabi kamida 5 sentyabrga qadar ishlashini ma’lum qildi — shu kuni milliy terma JCH—2018 saralashidagi so‘nggi o‘yinni o‘tkazadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:36, 15.06.2017.
O'qildi: 20391 marta.
Fikrlar: 39 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик